O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


 Delinkvent axloqning mazmun-mohiyati



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187
2. Delinkvent axloqning mazmun-mohiyati. 
Biz deviant axloqning alohida 
turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga 
zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko`plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun 


139 
markaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning 
har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muhim rol o`ynaydi.
Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha 
apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni ko`pincha delinkvent axloq 
sifatida ko`rsatadilar. Ponyatiye proisxodit ot latinskogo delinquent – «postupok, 
provinnost». Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi – ushbu 
jamiyatda va ushbu vaqtda o`rnatilgan qonunlardan og`ishgan, boshqa odamlar yoki 
ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o`zining oxirgi ko`rinishlarida jinoiy 
jazolanadigan aniq shaxsning harakatini tushunamiz. Qonunga qarshi axloqni 
namoyon etuvchi shaxs delinkvent shaxs sifatida tavsiflanadi, harakatning o`zi esa 
– deliktdir. 
Kriminal axloq umuman delinkvent axloqning bo`rttirilgan shakli 
hisoblanadi. Umuman olganda delinkvent axloq jamiyatning aniq ifodalangan qoida 
(qonun)lariga, bevosita davlat hayotining mavjud me`yorlariga qarshi yo`naltirilgan.
Maxsus adabiyotlarda ko`rib chiqilayotgan atamadan turli ma'nolarda 
foydalaniladi. A. Ye. Lichko, “V vedya v praktiku podrostkovoy i ponyatiye”
asarida o`smir psixiatriyasining amaliyotiga «delinkventlik» tushunchasini kiritib, 
uning o`z ortidan jinoiy javogarlikni olib kelmaydigan mayda antijamoatchilik 
harakatlarini chekladi. Bu, masalan, maktabga bormaslik, asotsial guruh bilan 
muloqot qilish, mayda bezorilik, zaiflar ustidan tahqirlash, mayda pulni olib 
qo`yish, mototsiklni olib qochish. 
V.V.Kovalyev, delinkventlikning bunday sharhlashga qarshi delinkvent 
axloq jinoiy axloq hisoblanishini ko`rsatib, e'tiroz bildiradi. 
Keng tarqalishni olgan «delinkvent» atamasi xorijda voyaga yetmagan 
jinoyatchilarni ifodalash uchun qo`llaniladi. Xullas, Butunjahon sog’liqni saqlash 
tashkilotining materiallarida delinkvent boshqa individ yoki guruhga zarar 
keltiruvchi va ushbu lahzada jamiyat rivojida me`yoriy ijtimoiy guruhlar tomonidan
o`rnatilgan chegaradan o`tuvchi axloqli 18 yoshgacha bo`lgan shaxs sifatida 
ta'riflanadi. Voyaga yetgach delinkvent avtomatik tarzda antiijtimoiy shaxsga 
aylanadi. 


140 
Psixologik adabiyotlarda delinkventlik tushunchasi umuman qonunga qarshi 
axloq bilan bog’lanadi. Bu – jamoatchilik tartibi me`yorlarini buzuvchi har qanday 
axloq. Ushbu axloq jinoyatchilik darajasiga yetmagan ma'naviy-yetik me`yorlarni 
mayda buzuvchi shaklga ega bo`lishi mumkin. Bu yerda u asotsial axloq bilan mos 
tushadi. U Jinoiy kodeksga muvofiq jazolanuvchi jinoiy harakatlarda ham 
ifodalanishi mumkin. Bu holda axloq kriminal, antiijtimoiy bo`ladi.
Delinkvent axloqning keltirilgan turlarini qonunga qarshi axloqning 
shakllanish bosqichlari sifatida ham, uning nisbatan mustaqil ko`rinishlari sifatida 
ham ko`rib chiqish mumkin. Jamoatchilik qoidalarining ko`p obrazliligi qonunga 
qarshi axloqning katta miqdorini tug’diradi. Delinkvent axloqning turli shakllarini 
tasniflash muammosi sohalararo xarakterga ega.
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuvda qonunga qarshi harakatlarni zo`ravonlik va 
zo`ravon bo`lmagan (yoki g’arazli) ga ajratish keng ishlatiladi.
Klinik tadqiqotlar doirasida V.V.Kovalyevning bir necha o`q bo`yicha 
qurilgan qonunbuzarlikning komplek sistematikasi qiziqish uyg’otadi. Ijtimoiy-
psixologik o`qda intizomga qarshi, jamoatchilikka qarshi, qonunga qarshi; klinik-
psixopatologik – nopatologik va patologik shakllar; shaxsiy-dinamiklikda reaktsiya, 
rivojlanish, holat. A.G.Ambrumov va L.Ya.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-
psixologik shkalasini taklif qildilar: intizomga qarshi, antiijtimoiy, delinkvent – 
jinoiy va autotajovuzkor axloq (ta'kidlash lozimki, ushbu mualliflar delinkventlikka 
faqat jinoiy axloq mansub deydilar). 
Bunday masalalarni hal qilish uchun delinkventlikning ifodalanganlik 
darajasini va shaxsga ta'sir chegarasini aniqlash kabi qonunbuzarlar tipini 
sistemalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. 1932 yili N. I.Ozeretskiy tomonidan 
voyaga yetmagan qonunbuzarlar tipologiyasini bugungi kunda ham dolzarb bo`lgan 
ifodalanganlik darajasi va xarakteri bo`yicha deformatsiyasini taklif qildi: tasodifiy, 
odatiy, turg’un va professional qonunbuzarlar.
Qonunbuzarlikni sodir etgan o`smirlar orasida A.I.Dolgova, Ye. G. 
Gorbatovskaya, V. A. Shumilkin va boshqalar, o`z navbatida, quyidagi uch tipni 
ajratadi: 


141 
1.
Izchil-kriminogen – ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta'sirda jinoiy axloq 
shaxsning kriminogen «qissasi» hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy 
usulidan kelib chiqadi, u sub'ektning maxsus qarashlari, ko`rsatmalari va 
qadriyatlari bilan shartlanadi;
2.
Vaziyatli-kriminogen – axloqiy me`yorlarning buzilishi, jinoiy 
bo`lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o`zi ahamiyatli darajada 
notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub'ektning rejalariga mos 
tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo`lishi mumkin; bunday o`smirlar 
ko`pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar 
kayfidagi holatda guruhda jinoyat sodir etadilar;
3.
Vaziyatli tip – salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ 
aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta'siri; bunday o`smirlar 
hayotining usuli ijobiy va salbiy ta'sirlar kurashi bilan xarakterlanadi. 
V.N.Kudryavtsev ham xuddi shunga o`xshash professional (muntazam 
jinoyat sodir etuvchi, undan keladigan daromadlar hisobiga yashovchi shaxslar), 
vaziyatli (sharoitdan kelib chiqib harakatlanuvchi), tasodifiy jinoyatlar (qonunni 
faqat bir marta buzgan). 
Delinkvent axloq shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga 
ega.
Birinchidan, bu shaxsi og`ishgan xulqining kamroq ma'lum bo`lgan turlaridan 
biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt 
uchun turlichadir. Qonunlarning o`zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida 
katta yoshdagi aholining katta qismi “jinoyatchilar” kategoriyasiga kiritish mumkin 
bo`lib qoladi, masalan, soliq to`lashdan qochish yoki kimgadir jismoniy og’riq 
yetkazish. Shunga o`xshash hamma biladiki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni
hech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam, joyida 
yolg’on gapiradiganlarga qaraganda ancha noadekvat bo`lib ko`rinadi.
Ikkinchidan, delinkvent axloq, ayniqsa, qonuniy me`yorlar – qonunlar, 
me`yoriy aktlar, intizomli qoidalar bilan boshqariladi. 


142 
Uchinchidan, qonunga qarshi axloq deviatsiyaning bir muncha xavfli 
shakllaridan biri deb tan olinadi, chunki o`z asosi bilan ijtimoiy qurilish
jamoatchilik tartibiga xavf soladi.
To`rtinchidan, shaxsning bunday axloqi faol muhokama qilinadi va har 
qanday jamiyatda jazolanadi. Istagan davlatning asosiy vazifasi qonunlarni yaratish 
va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish hisoblanadi, shuning uchun delinkvent axloq 
deviatsiyaning boshqa turlaridan farqli tarzda maxsus ijtimoiy institutlar: sudlar, 
tergov organlari, ozodlikdan maxrum qilish joylari tomonidan boshqariladi.
Nihoyat, beshinchidan, muhimi shuki, qonunga qarshi axloq o`z mohiyati 
bo`yicha shaxs va jamiyat – individual intilishlar va jamoatchilik manfaatlari 
o`rtasidagi nizoning mavjudligini anglatadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin