38
II BOB.
ELEKTRON JADVALAR
38
MS EXCEL DASTURIDA ARIFMETIK AMALLARDAN FOYDALANISH
Arifmetik amal nomi
MS Exceldagi ko‘rinishi
Amaldan foydalanib
tuzilgan formula
namunasi
Qo‘shish
Ayirish
Ko‘paytirish
Bo‘lish
+
–
*
/
=A2 + B8
=B56 – B6
=Лист1!C5*Лист3!D5
= Лист1!B56/N7
AMALIY FAOLIYAT
1. MS Excel dasturini ishga tushiring. Yangi faylni D:
diskdagi o‘z ismingiz bilan ochilgan papkaga “1-amaliy_
mashg‘ulot” nomi bilan saqlang. Elektron jadvalning
birinchi ishchi varag‘i nomini “O‘zbekiston” deb nomlang.
Bunda ishchi varaqning kontekst
menyusidan foydalanish
mumkin.
2. Yangi ishchi varaqning holatlar satridagi belgisi yordamida yoki “Shift + F11”
tugmachalar kombinatsiyasidan foydalanib, yana 4 ta ishchi varaqni joylashtiring.
Ishchi
varaqlarni O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni davlatlar nomi bilan nomlang.
Dostları ilə paylaş: