Aralash murojaat
deyilganda, yuqorida so‘z yuritilgan murojaat ikkala turining
kombinatsiyasidan iborat manzil tushuniladi. Bunda ustun absolyut murojaat ko‘rinishida,
satr esa nisbiy murojaat shaklida yoki aksincha ko‘rinishda bo‘ladi. Qaysi qismda absolyut
murojaatdan foydalanilsa, aynan o‘sha qismdan oldin $ belgisi qo‘yiladi.
Masalan:
$D$4 – ustun ham, satr ham o‘zgarmaydi;
D$4 – satr o‘zgarmaydi;
$D2 – ustun o‘zgarmaydi;
Quyida D30 katakda joylashgan formuladan E31 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan
Nisbiy murojaat.
Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarsa, bunday
murojaatga
nisbiy murojaat
deyiladi. Quyida D22 katakda joylashgan formuladan D24 katakka
nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan:
42
II BOB.
ELEKTRON JADVALAR
42
AMALIY FAOLIYAT
1. Avvalgi darsda yaratilgan “1_amaliy_
mashg‘ulot” faylini oching. Uning nomini
“2_amaliy_mashg‘ulot” deb qayta nomlang va
saqlang. Quyidagi elektron jadvalni yarating:
1) A1:E7 kataklar diapazonini belgilab oling;
2) “Главная” – “Границы” – “Все границы”
buyruqlari yordamida belgilangan diapazonga
jadval chiziqlarini joylashtiring.
2. Elektron jadval birinchi qatorini quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiring:
1) shrift: Arial; shrift o‘lchami: 15; shrift rangi: ko‘k;
2) birinchi satr rangi: och yashil; kataklar tekislanishi: gorizontal – o‘rtadan;
vertikal – markazdan.
3. 2-amaliy mashg‘ulotda tayyorlangan jadvalning A ustunidagi T/R larni avtomatik
ravishda raqamlang.
1
2
Buning uchun:
1) A2 katakka 1 soni, A3 katakka 2 soni kiritiladi;
2) A2 : A3 diapazon belgilanib, sichqonchaning chap
tugmachasini ushlab turgan holda, pastki o‘ng burchakdagi
kichik nuqta A7 katakka siljitiladi.
43
43
Dostları ilə paylaş: |