Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153
10-sinf informatika ..

Formula kiritilgan 
katak manzili
Formulaning 
ko‘rinishi
Formula 
ko‘chirilgan katak 
manzili
Formulaning 
yangi ko‘rinishi
A1
=3*$C$5+$D1
B4
?
A1
=3*$C5+$D1
B4
?
A1
=3*C$5+D$1
B4
?
4. Quyidagi elektron jadvalni yarating va uni ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Natijani tahlil 
qiling. Natijaga erishish uchun formula qanday o‘zgartirilishi kerak?


46
II BOB. 
ELEKTRON JADVALAR
46
13-dars. ELEKTRON JADVALLARDA MATEMATIK 
VA MATNLI FUNKSIYALARNI QO‘LLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Funksiya
– ayrim hisoblash amallari 
avtomatik ravishda bajarilishi uchun 
oldindan yaratib qo‘yilgan formulalar.
Argument
– funksiya tarkibidagi 
qiymat, katak manzili, kataklar 
diapazoni.
MS Excel dasturida foydalanuvchiga matematik 
va statistik hisob-kitoblar, matnli va mantiqiy 
amallarni bajarish, shu bilan birga, ishchi 
varaqdagi ma’lumotlarga qayta ishlov berish 
imkoniyatini beruvchi turli xil funksiyalar mavjud.
Elektron jadval funksiyalari maxsus ko‘rsatma 
bo‘lib, ular yordamida hisob-kitob amallari 
bajariladi. Funksiyalarni kiritishda argumentlar 
ko‘rsatilishi shart. 
Funksiyaning argumentlari – funksiyani 
hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlardir. Ular funksiya nomidan keyin qavs ichida 
yoziladi. Funksiya argumentlari sifatida raqam, matn, katak yoki kataklar diapazoni ishlatilishi 
mumkin.
Masalan: 
=КОРЕНЬ(A1) 
Bu yerda “Корень” – funksiyaning nomi, A1 – argument. 
Agar funksiya bir nechta argumentga ega bo‘lsa, u holda har bir argumentdan so‘ng vergul 
qo‘yiladi. MS Excel dasturida 400 dan ortiq funksiya mavjud. Funksiyani kiritish uchun kerakli 
katak belgilab olinadi, klaviaturadan “=” belgisi kiritiladi, so‘ngra formulalar satrida joylashgan 
“Мастер функций” buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynada MS Excel dasturida mavjud 
funksiya sinflarining ro‘yxati paydo bo‘ladi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin