Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

ko’rinishi.
(Gorizontal kesim, atlantnt tanasining 
qisman yon qismi, oldingi yoyi va o’qli 
umirtqaning tishi olib tashlangan.)
 
2. 
Orqa 
atlanto-ensa 
membranasi, 
membrana atlanto-occipitalis posterior
(ras. 
226, 227,229). Ensa katta teshigining orqa 
qirg’og’i va atlantning orqa yoyi orasida 
joylashadi. Oldingi qismda nerv va tomirlar 
o’tishi uchun teshik mavjud. Bu parda sariq 
boylamning o’zgarishidan hosil bo’lgan. 
Membrananing lateral qismlari lateral ensa-
atlant boylami, 
lig. atlanto-occipitalis lateralia, 
dan tashkil topgan.
Atlant va o’qli umirtqaning brikishida uchta 
bo’g’im hosil bo’ladi – ikkita juft va bitta toq: 
Lateral atlanto-o’qli bo’g’im
(ras. 226, 
231). juft, atlantning pastki bo’g’im yuzasi va 
o’qli umirtqaning yuqorigi bo’g’im yuzasi 
orasida hosil bo’ladi. U kam harakatlanuvchi 
bo’g’imlat tipiga kirib, bo’g’im yuzasi yassi va 
tekisdir. Bo’g’im yuzalari tekis bo’lganligi 
uchun atlantning bo’g’im yuzasi o’qli 
umirtqaning bo’g’im yuzasiganisbatan xar 
qaysi tarafga oz miqdorda sirpanma harakat 
qilishi mumkin. 
Markaziy atlanto-o’qli bo’g’im, 
articulatio 
atlanto-axialis mediana
(ras. 227, 228, 
230,232), atlant oldingi yoyining orqa yuzasi 
(fovea dentis) bilan, o’qli umirtqaning tishi 
orasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari tishning 
orqa bo’g’im yuzasi atlantning ko’ndalang 
bolami, 
lig. transversum atlantis, 
bilan ham 
bo’g’im hosil qiladi.
O’qli umirtqaning tishi hosil qiluvchi 
bo’g’imlar silindrik bo’g’imlar guruhiga kiradi. 
Bu bo’g’imlarda atlant bilan birgalikda boshni 
o’qli umirtqa tishining vertikal o’qi atrofida
aylanishi, ya’ni boshni chap yoki o’nga burish 
harakatlari bajariladi.
Markaziy 
atlanto-o’qli 
bo’g’imning 
mustahkamlovchi 
qismlariga 
quyidagilar 
kiradi: 
1. Yopqich membrana, membrana tectoria 
(ras. 227, 230, 232), ensa katta teshigining 
oldingi qirg’og’i va o’qli umirtqaning tanasi 
orasida tortilgan, keng, yetarlicha zich tolali 
plastinkadan tashkil topgandir. Bu membrana 
tish, atlantning ko’ndalang boylami va shu 
bo’g’imning boshqa hosilalarini orqa tomondan 
(umirtqa kanali tomonidan) yopib turganligi 
uchun yopqich membrana deb ataladi. U 
umirtqaning orqa bo’ylama boylamining bir 
qismi sifatida qaraladi. 
2. atlantning krestsimon (ixssimon) boylami, 
lig. cruciforme atlantis (ras. 230), ikkita – 
ko’ndalang va bo’ylama tutamdan tashkil 
topgan. Ko’ndalang tutam atlant lateral 
massasining ichki yuzasi orasida tortilgan zich 
briktiruvchi to’qimali kamardan iborat. U o’qli 
umirtqa tishining orqa bo’g’im yuzasida yotadi 
va uni mustahkamlaydi. Bu tutam aloxida holda 
atlantning 
ko’ndalang 
boylami, 
lig. 
transversum atlantis, 
(ras. 230, 232) deb 
ataladi. 
Bo’ylama 
tutamalr, 
fasciculi 
londitudinales, ikkita – yuqorigi va pastki 
oyoqchlardan tuzilgan. Yuqorigi oyoqcha atlant 
ko’ndalan boylamining markaziy qismidan 
katta ensa teshigining oldingi yuzasigacha yetib 
boradi. Pastki tishcha, u ham atlant ko’ndalang 
boylamining markaziy qismidan boshlanib, 
pastka yo’aladi va o’qli umirtqa tanasining orqa 
yuzasiga brikadi.
3. Tishcha uchining boylami, lig. apicis 
dentis (ras. 227, 231), o’qli umirtqa tishining 
uchi va katta ensa teshigining oldingi qirg’og’i 
orasida tortilgandir. Bu boylam orqa tor
(xorda) ning rudimenti sifatida qaraladi.


Страница | 134
4. Qanotsimon boylamlar, 
ligg. alaria
(ras. 230, 
231), o’qli umirtqa tishininh ikki yoni va 
ensaning bo’g’im o’sig’i, 
condyli occipitales,
orasida 
tortilgan, 
biriktiruvchi 
to’qima 
tolalaridan tuzilgan tutamdan iborat.

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin