Chakka chuqurchasi Chakka cuqurchasi, fossa temporalis, (ras.
126; ras. 48, 49), kalla ikkala tashqi yon
yuzasida joylashgan. Uni kalla gumbazining
boshqa qismlarigan ajiratib turuvchi shartli
chegarasi tepa va peshona suyaklaridagi
yuqorigi chakka chizig’i,
linea temporalis superior, dir. Uning ichki medial devori tepa
suyagi tashqi yuzasining pastki qismi, chakka
suyagi tangasimon qismining chakka yuzasi va
ponasimon suyak katta qanotining tashqi
yuzasidan tashkil topgan.
Chakka
chuqurchasining
pastki
tomoni
ponasimon suyakning chakkaosti qirrasi bilan
chegaralangan.
Chakka chuqurchasining oldingi devoriga
yanoqchakka teshigi,
foramen zygomaticot emporale, (chakka
chuqurchasi
chakka
muskuli, fatsiyasi, yog’, nerv, va tomirlar bilan
to’lgan) ochiladi.
Chakkaosti chuqurchasi Chakkaosti chuqurchasi, fossa infra temporalis, (ras. 126), chakka chuqurchasidan
qisqa va kalta, uning ko’ndalang o’lchami esa
kattaroq. Uning yuqorigi devori ponasimon
suyak katta qanotining chakkaosti qirrasidan
ichkaridagi yuzasidan iborat.
Chuqurchaning oldingi yuzasini yuqorigi jag’
do’mbog’ining orqa qismi tashkil etadi. Medial
devor ponasimon suyak qanotsimon o’sig’ining
medial plastinkasidan tuzulgan. Chakkasti
chuqurchasi pastgan va tashqaridan suyakdan
tuzulgan devorga ega emas. Medial va oldingi
devorlar chegarasi oralig’ida chakkaosti
chuqurchasi chuqurlashadi va voronkasimon
yoriq – ponasimon-tanglay chuqurchasi,
fossa pterygopalatina, ga o’tadi.
Chakkaosti chuqurchasi oldindan pastki ko’z
yorig’i orqali ko’z kosasi bilan aloqa qiladi
(chakkaosti chuqurchasida chakka muskulining
pastki bo’lagi, lateral qanotsimon muskul, qator
tomir va nervlar joylashadi).
Ponasimon-tanglay
chuqurchasi,
fossa pterygopalatina, (ras. 125, 126), yuqorigi jag’,
ponasimon
va
peshona
suyaklarining
qismlaridan tuzulgan. Chakkaosti chuqurchasi
bilan yuqorisi keng va pastki qismi tor bo’lgan
qanotsimon-yuqorigi jag’ yorig’i
, fissura