I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

Nazorat savollari
1. 
Piyozdoshlar oilasi nechta turkum va turni o'z 
ichiga oladi?
2. 
Oila vakillari qanday to'pgullarni hosil qiladi?
3. 
Oilaning yovvoyi holda tarqalgan turlaridan qaysi 
birlarini bilasiz?
4. 
Piyozdoshlar 
oilasi 
Loladoshlar 
oilasidan 
gul 
qismlarining qaysi birlarining o'ziga xosligi bilan farq 
qiladi?
MAVZU: Hiloldoshlar oilasi
• O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni
• Lolakabilar ajdodchasi - Liliidae
• Hilolnamolar qabilasi - Cyperales 
« Hiloldoshlar oilasi - Cyperaceae
Vakillari:
1. Tuganakli salomalaykum - Cypirus rotundus
2. Yo'g'on tumshuq qorabosh - Carex pachystilis
3. K o l qiyog'i - Skirpus lacustris
4. Kechki hilol -Juncellus serotinus
5. Dengizoldi suv hiloli - Boldoschoenus maritimus
Mavzuning maqsadi: Oiiaga mansub o'simliklarning 
anatomo-morfologik tuzilishini
ko'payishini, 
turlar 
sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizim da tutgan 
o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini 
va ahamiyatini o'rganish.
Kerakli jih ozlar; Gerbariylar, o'sim liklar aniqlagi- 
chi, rasmlar, jadvallar, to'pgullar, mevalar, lupa, 
pintset, preproval nina va boshqalar.
104


Nazariy tushuncha: Bu oila 100 ta turkum va 4000 
turni o'z ichiga oladi. Ular Yer sharining deyarli hamma 
qismida tarqalgan ko'p yillik, ba'zan, bir yillik o ‘t 
o'simliklardir. Poyasi ko'pincha uch qirrali bo'g'imsiz, 
b a 'za n silindirsim on, yer ostki qism i ildizpoyalarga 
aylangan. Bargi tilchasiz yopiq qinli, uch tomonga qa- 
rab o'sgan bo'lib, ko'pincha poyaning quyi qismida jo y ­
lashadi. Barg yaprog'i qattiq, ensiz lentasimon, chetlari 
g'adur-budur. Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli, 
ba'zan ikki uyli o'simlik. To'pguli boshchasimon, bo- 
shoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon. Gullari gul- 
qo'rg'onsiz, 
b a'zan tukcha va qiltiqlari 
bo'ladi. 
Changchilari asosan 3 ta, ba'zan 
6
tagacha bo'lishi 
mumkin. Urug'chisi 1 ta, 2-3 ta mevabargli. Tugun- 
chasi ustki. Ba'zi turkumlarida tugunchasi tangacha- 
barglar bilan o'ralib xaltachalarga aylangan. Mevasi 
uch qirrali yoki dumaloq yong'oqcha.
A h a m iya ti:O ila vakillarining ayrim turlaridan man- 
zarali yoki yem-xashak o'simligi sifatida foydalaniladi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin