I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

K erakli jih o zlar: G erbariy nam unalari, o'sim liklar 
aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, to'pgullar, mevalar, 
lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bug'doydoshlar oilasi 700 tur­
kum va 7500-10000 turni o'z ichiga oladi. Ular Yer 
yuzining hamma qit'alarida tarqalgan. Bu oiiaga bir 
yillik, ikki va ko'p yillik o't o'simliklar b a'zan , buta va 
d araxtlar kiradi. U larning poyasi ingichka, naysi- 
mon, bo'g'imlarga bo'lingan. Bo'g'imlari bo'rtgan, ichi 
berk, bo'g'im oraliqlarining ichi esa bo'shliqdan iborat. 
Barglari oddiy, bandsiz, b a'zan bandli, poyada ketma- 
ket joylashgan. Ular poyani o'rab turadigan naysim on
106


uzun qindan va tasmasimon, nashtarsim on, ba'zan 
tuxum sim on yoki bigizsim on shaklga ega bo'lgan 
barg yaproqlaridan iborat. Barg qinining barg yapro- 
qiga o'tish jo yid a yupqa pardasimon o'simta tilcha va 
2ta quloqchasi bor. Tilcha 2 ta yonbargchaning 
qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan deb qaraladi. U poya 
bilan qin orasiga suv tushishiga yo'l qo'ymaydi. Gullari 
mayda, gulqo'rg'onsiz bo'lib, ular o'z navbatida boshoq, 
supurgi, shingil, so'ta, ro'vak kabi oddiy va murakkab 
to'pgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 
tagacha, ba'zan undan ko'p, ikki jin sli yoki bir jinsli, 
ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan, 
ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil 
topadi. Ayrim hollarda ularning soni o'zgarib turishi 
ham mumkin. Boshoq tangacha barglar boshoqchani 
o'rab turganini ostki, o'ralib turgan ichkarisidagini esa 
ustki boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin 
changchi va urug'chilarni o'rab turgan gultangacha 
barglar joylashgan bo'ladi. G ultangacha barglarning 
bosh oqch a o'zagidan chiqqan etli va kattarog'in i 
ostki, u n in g qarsh isida gul banddan chiqqan ki- 
chikrog'ini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultan­
gacha barglar ichida 1,2,3 ta bo'lib joylashgan kich- 
kinagina yupqa parda bo'lib, bu parda o'zgargan gul- 
qo'rg'on, "lodequla" deb ataladi. Lodequlalar tanga-cha 
barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning 
ochilishiga changchi va urug'chilarning gul ichidan 
tashqariga chiqib, osilib turishiga imkon beradi. 
Changchilar asosan 3 ta yoki 
6
ta, b a 'za n 2 ta ham 
bo'lish i m um kin. U rug'chisi bitta, 2 yoki 3 ta 
mevabargchaning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. 
Ustunchasi qisqa, ba'zan o'troq holda bo'lib, tum- 
shuqchasi 
2
ta bo'lakka bo'lingan, patsimon tuzilishga 
ega. Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug'kurtakli. 
Mevasi quruq don meva.
Aham iyati: Bu oila o'simliklari insonlar hayotida 
muhim aham iyatga egaligi bilan boshqa oilaliklardan
107


alohida ajralib turadi. Chunki bu o'sim liklarning 
urug'i tarkibida 50-75 % kraxmal, 20% oqsil, yog', 
mineral m oddalar va vitam inlar bor. Bu oila vakillari 
nafaqat oziq-ovqat, balki yem-xashak va manzarali 
o'simliklar sifatida ham m alu m .

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin