Jizzax Politexnika instituti qmb va kich yoʻnalishi 3-kurs talabasi Yuldashev Oxunning



Yüklə 5,81 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü5,81 Kb.
#179098
Beton toʻldiruvchi lari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlanishi

  • Jizzax Politexnika instituti QMB va KICH yoʻnalishi 3-kurs talabasi Yuldashev Oxunning
  • Beton toʻldiruvchilar texnologiyasi fanidan
  • Taqdimoti

Bugungi kunda dunyo bo'ylab bino vainshoatlarning qurilish jarayonlari jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgani sababli qurilish materiallarigabo'lgantalabtobora ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga asosan qurilish sohasini va qurilish materiallari kompleksini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan. Mazkur qarorga asosan,

  • Respublikaning 8 ta, jumladan Forish tumanida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi va boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallarini ishlab chiqarish rivojlantiriladi."[1] Bugungi kunda nafaqat energiya tejamkorqurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari ilagari surib kelinmoqda. Bunga qo'shimcha sifatidaikkilamchi resurslardan qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarida samarali foydalanishkabi dolzarb g'oyalar ham keng miqyosda amalga tadbiq qilib kelinmoqa. Shuningdek, qurilish ishlarida foydalaniladigan qurilish materiallarini 60 % beton konstruksiyalari tashkil qiladi. Beton bu bog'lovchi modda, suv, mayda va yirik
  • Ko'p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadiganikkilamchi materiallarbetonuchunyaroqlito'ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyomateriallari sifatida qo'llaniladi."[2]Beton uchun ishlatiladigan asosiy hom ashyolardan biri bu to'ldiruvchidir. To'ldiruvchi bu ma'lum zarrachalar tarkibiga ega bo'lgan tabiiy yoki suniy tosh materiallari bo'lib sement va suv bilan birgalikda beton hosil qiluvchi qurilish materiallari hisoblanadi. Beton to'ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin o'sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo'llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda
  • To'ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog' jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to'ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to'ldiruvchi betonning 85-90% ni, tsement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g'ovak sun'iy to'ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko'lamda qo'llanilmoqda. G'ovakli to'ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
  • Hozirgi kunda beton to'ldiruvchilari shunday ahamiyat kasb etar ekan ularni ishlab chiqarishni takommillashtirish muhim ahamiytga ega. Mahaliy hom ashyo resurslarini tejash hamda atrof muhitni muhofaza qillish maqsadida ikkilamchi resurslardan foydalanib beton to'ldiruvchilarini ishlab chiqarishni takkomillashtirish zarurdir. Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna shlaklari tashlanadi. Ya'ni po'lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t shlak chiqadi. Bunda massa bo'yicha emas balki hajm bo'yicha 2-3 barobar ko'p miqdorda shlak chiqadi. Shu sababli shlaklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
  • Metallurgiya shlaklaridan noto'g'ri foydalanishda asosiy olinadigan mahsulot narxiga ham tasir etadi, ya'ni shlaklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko'mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo'ladi: SaO - 3O-50%; SiO2 - 30-40%; M2O3 - 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari.
  • Domna shlaki tsement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola va quyma buyumlar olishda ishlatiladi. Asosan shlakning ko'p miqdori to'ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.Domna shlaklari asosidagi chaqiq toshning tsilindrda maydalanish ko'rsatkichi bo'yicha to'rtta markaga bo'linadi: Dr45- mustahkamlik chegarasi 20MPa dan past betonlar uchun; Dr35-mustahkamlik chegarasi 20-30MPa betonlar uchun; Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun; Dr15- mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi.Domna shlaklari asosida chaqiq toshdanturli konstruktsiyalar uchun yuqori mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. 

Yüklə 5,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin