9.2. Kredit va bank tizimining vazifalari
Kredit bo`sh turgan pul mabla`glarini ssuda fondi shaklida to`plash va ularni pulga muhtoj
bo`lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma`lum
muddatga, foiz to`lovlari bilan qaytarish sharti bilan qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil
qiladi.
Kredit munosabatlari ikki sub`ekt o`rtasida, ya`ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi
o`rtasida yuzaga keladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1)
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2)
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3)
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy
ra`gbatlantirish fondlari;
4)
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha,
shuningdek, uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanilguncha bankdagi hisoblarida
saqlanadi;
5)
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning
joriy pul resurslari;
6)
aholining bo`sh pul mabla`glari.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud:
Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat
va aholining bo`sh pul mabla`glari ssuda fondi shaklida to`planib, keyin bu mabla`glar kredit
mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi.
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to`lov vositalarini (veksel , chek, sertifikat va h.k.)
yuzaga chiqarib, ularni xo`jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar o`rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini
jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi.
To`rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali
iqtisodiy o`sishni ra`gbatlantirish vazifasini bajaradi.
Beshinchidan, kredit o`z muassasalari orqali iqtisodiy sub`ektlar faoliyati ustidan nazorat
qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o`ziga xos vazifasi — iqtisodiyotni tartibga solishdir. Bunda kredit
uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi
usullardan foydalaniladi.
Kredit turli shakllarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul
va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida bank,
tijorat, davlat, iste`mol va xalqaro kredit shakllarini o`z ichiga oluvchi pul kreditidan keng
foydalaniladi.
Bank krediti — pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz
oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo`jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit.
Bank krediti yo`nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo`yicha cheklanmaydi. Uning
foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jam`garilishigacha xizmat
qiladi.
Xo`jaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. U
korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo`jalik sohalaridagi munosabatlari, shuningdek, ichki
xo`jalik hisobi bo``ginlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti — korxonalar, birlashmalar va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bir-
biriga beradigan krediti. Tijorat krediti, avvalo, to`lovni kechiktirish yo`li bilan tovar shaklida
beriladi.
Iste`mol krediti — xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalaniladigan
iste`mol tovarlari (mebel , avtomobil , televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma`lum muddatga
beriladigan kredit. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to`lash
bilan sotish shaklida yoki iste`mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi.
Iste`mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti — ko`chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida
beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan
ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti — davlat pul mabla`glari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari
bo`lib chiqadigan kredit munosabatlarining o`ziga xos shakli. Davlat krediti mabla`glari manbai
bo`lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklidan, avvalo,
davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalaniladi.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini
namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz
oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So`nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng
rivojlanib bormoqda.
Lizing — bu kreditning pulsiz shakli bo`lib, odatda, ishlab chiqarish vositalari va boshqa
moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to`lab borib,
sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo`yicha bitimlar 1 yildan to
10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda, ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita
emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring — boshqa iqtisodiy sub`ektlarning qarzdorlik bo`yicha majburiyatlarini sotib olish
yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o`zi
uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib
oladi.
Forfeyting — faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo`yicha
huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o`tgandan so`ng undirishi mumkin bo`ladi.
Trast — bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo`yicha operatsiyalar majmui.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
— ssuda berishning maqsadli tavsifi;
— kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
— ssudaning moddiy ta`minlanganligi va to`lovliligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta`minlashda banklar muhim rol o`ynaydi.
Banklar pul mabla`glarini to`plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan
shu`gullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit
munosabatlariga xizmat qilish bo`lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar
tizimi, odatda, ikki bosqichli bo`lib, o`z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli)
banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning
yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini
boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-
valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi va banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uy`gunlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas`uliyatini o`z zimmasiga oladi, milliy valyutani
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
O`zbekiston Markaziy banki o`zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank
xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul-kredit
siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qo`gozlar operatsiyasi, ichki valyuta
bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira
talablari vositalari ham ishga solinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli sheriklar sifatida
chiqadi.
Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish, ishlab chiqarishni
rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishini ta`minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi.
Banklar o`z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan
mas`ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko`proq ularning iqtisodiy jihatdan
foydaliligi va samaradorligiga qarab beriladi.
Tijorat banklari o`zlarining xo`jalik mavqeiga ko`ra aktsionerlik tipidagi muassasalar
hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko`ra, faoliyatning biron-bir turiga xizmat ko`rsatuvchi,
ixtisoslashgan yoki milliy bank bo`lishi mumkin.
Xalq banki — mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-kitob qilish va
aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berish kabi
operatsiyalarni amalga oshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga
oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo`shma korxonalarga kredit berishda
qatnashadi, yi`gma valyuta rejasining ijrosi, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat
qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga
oshirishni ta`minlaydi.
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo`yicha investitsion va ipoteka banklarini ajratib
ko`rsatish lozim.
Investitsion banklar — maxsus kredit muassasalari bo`lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari
boshqa turlarini chiqarish yo`li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar
(asosan, davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.
Investitsion kompaniyalar o`zlarining qimmatli qo`gozlarini chiqarish yo`li bilan huquqiy
investorlar pul resurslarini to`playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aktsiya va
obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to`liq investorlar manfaatini ifodalaydi va
ularning asosiy maqsadi qo`yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
Ipoteka banklari - bu ko`chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga
ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o`zlarining ipoteka obligatsiyalari
hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |