2-tajriba ishi. YARIMSTATIK MA‟LUMOTLAR TUZILMASI Ishdan maqsad: Navbat, stek va dekni o„rganish hamda ularni tadqiq qilish.
Yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmalari ustida amal bajarish algoritmlarini o„rganish.
Qo„yilgan masala: C++ tilida navbat, stek va dekni statik ko„rinishda e‟lon
qilish va topshiriq variantiga ko„ra uning ustida amal bajarish dasturini ishlab
chiqish.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o„rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
2.1. Yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmasi Yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin:
-
o„zgaruvchan uzunlikka ega va uni o„zgartiruvchi oddiy funksiyalariga
ega;
-
tuzilmaning uzunligini o„zgartirish ma‟lum bir chegarada, ya‟ni qandaydir
bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin;
Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo„lsak, u holda
chiziqli ro„yhat munosabati bilan bog„langan ma‟lumotlar ketma-ketligi
tushuniladi. Xotirada yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan
tasvirlaydigan bo„lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya‟ni har bir
element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik
tasvirlashning yana bir ko„rinishi bir tomonlama bog„langan ro„yhat (zanjir)
ko„rinishida ifodala
s h mumkin, ya‟ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi
joriy elementda ko„rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga
34
cheklanish unchalik qattiq qo„yilmaydi. Bunday tuzilmalarga –
navbat, stek, dek va
satrlar kiradi.