35
Agar navbatdan elementlar o„chiriladigan bo„lsa, navbat boshida bo„sh joy
ajratiladi. Vaholanki, navbat oxiri ko„rsatkichi chegaraga yetib qolganligi sababli,
navbatga yangi element kiritib bo„lmaydi. Shu sababli navbatda har safar element
o„chirilganda qolgan barcha elementlar bitta oldinga surilishi kerak bo„ladi.
Natijada navbat oxirida bo„sh joy ochiladi. Bu holatda navbat boshi ko„rsatkichiga
xojat qolmaydi. Lekin shuni aytish kerakki, bu yondashuv bir muncha noqulay
hisoblanadi. Shuning uchun har safar elementlarni surib o„tirmaslik uchun navbatni
halqasimon shaklda tashkil etamiz. Ya‟ni bunda xotirada navbat sohasining oxiriga
yetib borilganda navbat boshiga o„tib ketiladi. Ushbu holatda navbat boshi va oxiri
ko„rsatkichlari xotiradagi navbat sohasining boshini ko„rsatadi. Bu ikkala
ko„rsatkichlarning tengligi navbatning bo„shligini anglatadi. Halqasimon navbatda
element qo„shish amali o„chirish amalidan ko„proq bajarilsa, navbat oxiri
ko„rsatkichi navbat boshi ko„rsatkichiga “yetib oladi”. Bu holat navbat to„laligini
anglatadi. Halqasimon navbatda elementni o„chirish ikkala ko„rsatkich
ko„rsatayotgan bitta adresda amalga oshiriladi. Bunday navbatning uzunligi boshi
va oxiri ko„rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: