M tojiyev, I. Nigmatov


Suv toshqini va uning talafotlari



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

6.6. Suv toshqini va uning talafotlari
Keyingi paytlarda respublikamiz hududining ko‘pchilik qismida 
gidrometerologik holatning keskin o‘zgarishi tufayli, aholining hayot 
faoliyatini, tabiatini, moddiy resurslar sifatini izdan chiqaruvchi favqn’odt^a
113


vaziyat (sellar, suv toshqinlari. qor ko‘chkilari, kuchli shamollar, 
qurg‘oqchilik va h.k.)lar kuzatilmoqda.
Bunday holatlaming yuzaga kelishiga biologik va meterologik 
o ‘zgarishlami hisobga olmaslik, yangi yerlami o‘zlashtirishda qo‘yilgan 
xatoliklar, sug‘orish tizmida zamonaviy texnologik usullarning joriy 
etilmaganligi sabab bo‘lmoqda. 1998-yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
m a’lumotiga ko‘ra respublikamiz hududida 600 ga yaqin ko‘chki, sel va 
suv toshqinlari bo‘lgan bo‘lsa, ulaming zararli oqibatlari natijasida 16 
ming aholi jabrlanib, ko‘rilgan moddiy zarar esa 100 mln. so‘mdan ortiqni 
tashkil etgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra respublikamiz hududida 238 
ta xavfli ko‘llar, 46 ming kv. km hududlar suv va sel toshqinlari ro ‘y 
beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bo‘lishiga olib keluvchi 
daryo va soylar mavjudligi aniqlangan. Suv toshqini ham tabiiy ofatlar 
ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb daryo, ko‘l, hovuzlardagi 
suv sathining keskin ko‘tarilishi natijasida m a’lum maydonlardagi 
yerlaming suv tagida qolishiga aytiladi.
Suv toshqiniga turli omillar sababchi bo'ladi:
- kuchli yomg‘ir yog‘ish oqibatida (jala, sel quyishi);
- qorlami surunkali erishi natijasida;
- kuchli shamol esishi natijasida;
- oqar daryolardagi muzliklarning yig‘ilib, sun’iy to‘g‘on hosil qili-
shi;
- tog‘ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv 
saqlash omborlarining buzilishi oqibatida.
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suvlaming sathi keskin ko‘tarilib, 
daryo, ko‘llarga sig'maydi va natijada ekin maydonlarini, turar joy 
massivlarini, yo‘llami suv bosadi va ulami izdan chiqaradi. Bulardan 
tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, meliorativ tizimlar ishdan 
chiqadi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik ekinlari yo‘q bo‘lib ketadi, 
xomashyolar, yoqilg‘i, oziq-ovqatlar, mineral o ‘g‘itlar va boshqalar 
yaroqsiz holga keladi yoki yo‘q bo‘lib ketadi. Shular natijasida juda 
katta moddiy zarar ko‘rilib, insonlar o‘limi bo'ladi. Suv toshqini ofati 
turli joylarda, jumladan, 0 ‘zbekistonda ham tez-tez bo‘lib turadi. 
Masalan, 1991-1995-yillarda ko‘pgina viloyatlarda - Xorazm, Buxoro, 
Surxondaryo, Qashqadarvo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda 
katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta miqdorda moddiy 
zarar ko‘rildi. jumladan, 750 ming gektar paxta, 28 ming gektar poliz
114


maydonlari, 20 ming gektar mevazorlar, shuningdek, 21 ming turar 
joy binolari, 100 dan ortiq bolalar bog‘chalari va maktablar, 250 km 
avtomobil yo‘llari, 113 ta ko‘priklar va 200 km dan ortiq sug‘orish 
inshootlari yaroqsiz holatga keldi. Kuchli yom g'ir yog‘ishi oqibatida 
suv toshqini 1993, 1994, 1995, 2000, 2001-yillarda Yevropa davlatlarida 
ham kuzatilib, bunda nafaqat moddiy zarar, balki hisoblab bo‘lmaydigan 
m a’naviy zarar - insonlar o ‘limi yuz berdi. Masalan, 1987-yiJdaGruziyada 
31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi uzoq vaqt yog‘gan yomg‘ir va qor 
natijasida (qoming qalinligi 4-5 mni tashkil etgan) suv toshqini bo‘lib, 
bunda кo'p odam halok bo‘ldi va turli darajada jarohat oldi. Suv toshqini 
oqibatida 200 kv km maydon suv ostida qoldi: shulardan 4400 ta turar 
joylar, 16 km temiryo‘l, 1800 km avtomobil yo‘li, 200 km elektr tarmoqlari 
tamoman izdan chiqdi. Falokatdan ko‘rilgan moddiy zarar o ‘sha davrda 
300 mln. rublni tashkil etdi. Shu yil oktabr oyida Filippinda yomg‘iming 
surunkali yog‘ishi kuchli suv toshqinlarini yuzaga keltirib, hududlami, 
yashash va ish joylarini, ko‘priklarni va yo‘llami vayrona aylantir. Bu ham 
yetmaganday namgarchilikning haddan tashqari yuqori boMishi oqibatida 
tog‘ oldi joylarida ko‘chkilar yuz berdi. Bu ofatdan 2,5 mln. odam zarar 
ko‘rib, xavfli hududlardan 30 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya 
qilindi va ko‘rilgan moddiy zarar miqyosi bir necha 10 mln. AQSH 
dollarini tashkil qildi. Shuningdek, 2009-yilda Turkiyaning 15 mln. aholisi 
bo‘lgan Istambul shahrida tinimsiz yog‘gan yomg‘ir 2 m balandlikdagi suv 
toshqinini yuzaga keltirib, minglab uylami, yo‘llarni vayronaga aylantirdi. 
Daryolardagi suv oqimiga teskari yo‘nalishda esadigan kuchli shamol suv 
sathini ko‘tarib yubordi va natijada suv toshqini yuz berdi. Bu xildagi 
toshqin Leningraddagi Neva daryosida kuzatilgan. 1997-yil noyabrda 
Vyetnamda ham juda kuchli shamol oqibatida suv toshqini bo‘lib, katta 
miqyosdagi uy-joylar, moddiy resurslar suv tagida qolib, ko‘plab odamlar 
halok bo‘lgan. Oqar daryolarda suv sathida muzliklar hosil bo‘lishi va 
bu muzliklar yig‘ilib, suv oqimiga qarshi to‘siqlar (to‘g‘on) hosil qilishi 
natijasida ham suv toshqini ro'y beradi. Bu xildagi toshqin 1992-yilda 
Qoraqalpog1 iston Respublikasida Amudaryo oqib o4adigan uchta hudud- 
da kuzatildi. Bu ofatning oldini olish uchun hamma omillar bajarila bordi 
va oxir-oqibatda harbiy samolyotlar yordamida to‘siq bo‘lib turgan muz 
to‘g‘onlari portlatish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Bu ofat natijasida Bo‘zatov 
tumanining ko‘pgina yerlari vayronaga aylanib, elektr tokini o‘tkazuvchi 
manbalar, texnikalar ishdan chiqdi. Aspantoy, Poriitov, Qiziliarvn Aliov ^
U5


punktlariga olib boruvchi yo‘llarni suv bosishi oqibatida aloqa uzilib 
qoldi, Ofat oqibatlarini bartaraf qilishda 3200 dan ortiq aholi, 3026 bosh 
qora mol xavfsiz joylarga ko‘chirildi va Porlitov, Qiziljar va Aliovullarga 
boradigan 26 km yo‘llar ta’miniandi. Bu ofatdan ko‘rilgan moddiy zarar 
100 million so‘mni tashkil qilgan. Bunday holatlardagi suv toshqinlari 
dunyo miqyosida juda tez-tez bo‘lib turadi.
Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turii 
sabablarga ko ‘ra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin, 
Umuman, kanallar, suv omborlari - suv energiyasi, suv yo ‘llari va 
suvning o‘zidan foydalanish maqsadida quriladi. Hozirgi kunda MDH 
davlatlarida suv sig‘imi 1 mln. m3 dan ortiq bo‘lgan suv omborlari 1 
mingga yaqin bo ‘lib, ularning suv sathi 116000 km2 ga teng. Xuddi 
shunga o ‘xshash O ‘zbekistonda ham 53 ta suv omborlari qurilgan, 
ulardan 10 tasi qo‘shni respublikalar chegarasida joylashgan. Jumladan, 
Qayroqqum, Rog‘un, (Tojikiston), Tuyamo‘yin (Turkmaniston), Taxtagul 
(QirgMziston), Chordaryo (Qozoqiston) va boshqalarni misol qilib 
keltirish mumkin.
Respublikamizga tegishli bo‘lgan suv omborlarida 55,5 mlrd. m3 
dan ortiq suv saqlanib, ular orqali asosan qishloq xo‘jaiigi suv bilan 
ta’minlanadi va katta iqtisodiy samara olinadi. Lekin shu bilan birga 
bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablarga ko‘ra buzilsa, saqlanayotgan 
suvning ta’siri insonlarga, uy hayvonlariga, atrof muhitga juda katta jiddiy 
zarar keltiradi. Jumladan, Chorvoq suv omborida 2,1 km3 suv saqlanib, 
agar u buzilguday bo‘lsa, undagi suv 8 m balandlikda 46 km/soat tezlik 
bilan harakatlanib, Toshkent shahrining 3 ta: Bektemir, Hamza, Sergeli 
tumanlari batamom, boshqa 3 ta-M iro b o d , Mirzo Ulug'bek va Yakkasaroy 
tumanlari esa qisman suv ostida qolib, u yerlarda yashayotgan fuqarolar 
hayoti uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Shunga o‘xshash katta hajmdagi suv 
Tuyamo‘yin suv omborida 5 km3 dan ortiq, Qayroqqum suv omborida 
esa 4 km3 dan ortiq suv saqlanib, mabodo biror sababga ko‘ra ombor 
qismlari talafot ko‘rsa, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarini 
suv bosadi. Agar Taxtagul suv ombori talafot ko‘rsa (unda 19 km3 suv 
saqlanadi), butun Farg‘ona vodiysi viloyatlarini suv bosishi ehtimoli bor. 
Boshqa suv saqlash omborlari uchun ham shunga o ‘xshash fikrlami aytish 
mumkin, Shuning uchun suv omborlami har xil falokatlardan asrash 
uchun hamma turdagi omillar, ehtiyot choralari ko‘rib qo‘yilgan boTishi 
zarur. Jumladan, birinchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir
116


platinalar temir-betonli qorishmalardan tayyorlanishi va boshqa saqlovchi 
omillar belgilanishi zarur.
Suv toshqini xavfida quyidagi vazifalar bajarilishi talab etiladi: suv 
toshqini xavfi haqida aholini ogoh etish; razvedka va kuzatuv ishlarini 
olib borish; FVDT kuch va vositalarini jalb etish; qutqaruv va tiklov 
ishlarini olib borish; kerak boMganda aholini va moddiy boyliklami xavfsiz 
joylarga evakuatsiya qiiish; suv toshqini bo'lgan hudulardagi korxona 
va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay 
to‘xtatish; suv bosgan hududlarda qutqaruv tizimlari va boshqa tizimlar 
kerakli texnika va suzuvchi vositalar yordamida odamlami qutqarish 
va evakuatsiya qiiish ishlarini olib boradi. Qutqaruv ishlarida ishtirok 
etuvchilar odamlarni suvdan qutqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishlari 
hamda qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini 
bilishlari Iozim.
Suv 
toshqiniga 
qarshi 
qo‘llaniladigan 
omillar quyidagilardan 
iborat: daryolardagi suvning sarflanish darajasini oshirish, ya’ni uni 
taqsimlash (daraxtzorlarga quyib yuborish, suv oqimiga qarshi yerlami 
ko'ndalang qilib chuqur haydash va boshqalar) hamda daryo qirg‘oqlarini 
ko‘tarish hisoblanadi. Suv toshqini ofatidan xalqni o‘z vaqtida ogoh 
etish, fuqarolami, moddiy resurslarni va qishloq xo‘jalik hayvonlarini 
xavfsiz joyga evakuatsiya qiiish ham eng muhim ishlardan hisoblanadi. 
Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro o ‘zi yashayotgan uylami xavfsiz 
holatda qoldirishi (gaz, suv, elektr tarmoqlarini o‘chirish, kerakli ish 
qurollarni uylaming yuqori qavatlariga qo‘yishlari, deraza va eshiklami 
mahkamlab berkitishlari zarur) va o‘zi bilan kerakli hujjatlarai, pullarni 
hamda yegulik ovqat va ichimlik suvlarni olishi zarur.
Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari 
va suv oqimi bo‘yicha past sathli qirg‘oq tomon suzishlari kerak. Suv 
toshqini paytida m a’lum qism odamlar (qutqaruvchilar) shu falokat 
hududida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlami bajarishlari zamr. 
Ammo ular suv ostida qolgan ovqatlarni yemasliklari, suv ichmasiik'ari 
kerak.
Yashash joylarida elektr jihozlardan foydalanmasliklari lozim, chunki 
elektr ta’minoti simlari qo‘llanganda kichik qarshilik bo'lishi natijasida 
yong‘in chiqib keladi. Suv toshqini o‘tib bo‘lgandan keyin fuqarolar 
o‘zlarining doimiy yashash joylariga qaytib kelib, toshqin oqibatlarini bartaraf 
etish cbora-tttdbirlarini boshlab yuboradiiar. Ular quyidagilardan ibor?.;:
117


- suv bosgan joylardagi suvrti chiqarib tashlash va quritish;
- uy laming yerto‘lalaridagi suvlami chiqarib tashlash;
- toshqin natijasida buzilgan joylami: maishiy-energetik tarmoqlami, 
yo‘llami, ko‘priklami va boshqalami qayta tiklash;
- qayta tiklab bo‘lmaydigan inshootlami, uylami yiqitish va ularni 
tozalash;
- ekinzorlami suvdan tozalash.
Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari 
boshchiligida xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin