Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari
deyarli izdan
chiqqan, avtomobil va temiryo'llarning ko‘p qismi, aloqa, ko'priklar
yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli
burchaklaridan,
jumladan, 0 ‘zbekistondan ham yordam kuchlari kelib,
u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va m a’naviy yordam ko'rsatilgan.
Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq
Ittifoq Mudofaa
vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 nafardan ko‘p kishi safarbar etilib,
ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan.
Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam ko‘rsatdi.
Hattoki,
yer ostida, inshootlar tagida qolgan odamlami qutqarish uchun
chet
ellardan - Angliya, Fransiya, Shveysariya
va boshqa davlatlardan
mutaxassislar kelib, yordam berganlar.
Xuddi shunga o‘xshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham
kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bo‘iib, imoratlarga, katta qurilishlarga
ziyon vetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti
bilan takrorlanib
turgan. Buning oqibatida 35 mingdan ortiq uylar vayron bo‘lib, 78 ming
oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kv. metr yerdagi turar joylar, 7600 o ‘rinli
maktablar, 2400 o‘rinli maktabgacha tarbiya muassasalari
ishdan chiqqan,
690 ta savdo va 84 ta turli korxona idoralari ziyon ko‘rgan. 0 ‘sha vaqtda
moddiy zarar miqdori hech qayerda yozilmagan edi.
Fuqaro mudofaalari va xorijiy tashkilotlarning ko‘rilgan zarami
bartaraf etish borasida ko‘rsatgan sa’y-harakatiarini
xaiqimiz hech qachon
unutmaydi.
Dostları ilə paylaş: