Kuchli shamol, qurg‘oqchilik ofatlari ham gidrometerologik favqulod
da vaziyatlar turiga kirib, ularning tabiatga va jamiyatga salbiy ta’sirlari
ortib bormoqda. Jumladan, 1970-yil 13-noyabrda Pokistonning shar-
qiy hududlarida boMgan kuchli shamol oqibatida 10 mln. aholi talafot
ko‘rdi. Shundan 500 ming kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi. Shun-
ga o‘xshash salbiy oqibatlar 2002-yilda Rossiyada, 2003, 2004-yillarda
AQSHning bir qancha hududlarida kuzatilgan kuchli dovullar oqibatida
ham kuzatildi.
Kuchli shamollar insonlar hayotiga va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar
yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega.
Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga yetadi. O 'rta Osiyo mintaqalarida sha-
molning kuchi 40-60 m/s ga, O'zbekistonning Xovos, Bekobod tuman-
larida esa 50-60 m/s ni tashkil etadi. Kuchli shamolning paydo bo‘lishi,
ya’ni atmosferada muvozanatinning buzilishi natijasida havo oqimi juda
katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda u aylanma (voronka) harakatga
aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlaming halok bo‘lishi, inshoot-
larning buzilishi, ekinzorlaming payhon etilishi, elektr-telefon tarmoqlar-
ining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, kuchli
shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo ‘llardan adashadilar,
simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylaming tomlari buzilishi natijasida
odamlar turli darajada jarohat oladilar.
Masalan: 1997-yilda 2-maydan 3-mayga o‘tar kechasi Qashqadaryo
viloyatida kuchli shamol ta’sirida 156838 ta qisloq xo‘jalik ekinzorlari va
12 km elektr tarmoqlarining shikastlanishiga, 250 ta turar joylarning, 79,5
km aftomobil yo‘llarining suv bosishiga, 393 bosh yirik shoxli qoramolar,
7254 bosh qo‘y, echkilar, 26 bosh ot va 13 ming 280 ta xonaki parran-
dalaming o ‘limiga olib keldi. Kuchli shamol ta’sirining ikkinchi jihati yer-
larning eroziyaga (yemirilishga) uchrashiga hamda sug‘oriladigan yerlar-
ning sho‘rlanishiga olib keladi. Shamol ta’siridagi yemirilish o‘simlik kam
tarqalgan hududlarda, cho‘l va sahrolarda ko‘p uchramoqda. 0 ‘zbekiston
hududining taxmininan 40 foiz yeri shamol ta’sirida yemirilish jarayoniga
uchramoqda. Yemirilish tekis shamol yo‘nalishi bo‘ylab shudgorlangan
maydonlarda ayniqsa kuchli bo‘ladi. Shamol kuchi 15 m/s dan ortganda,
ba’zi shudgorlangan yer qavatining 25 sm gachasini uchirishi, ayniqsa
3-5 sm li qavatlami uchirib ketishi nihoyatda ko‘p sodir bo‘ladi. Yer
Dostları ilə paylaş: