cho‘qqisida yer silkinishi oqibatida katta hajmdagi qor massasi ko'chib,
pastlikka 5300 m balandlikda joylashgan alpinistlar lageriga qulab tushgan
va oqibatda 40 nafar odam qor ostida qolgan. 1999-yil 21-noyabrda
ko‘p miqdorda qor yog‘ishi natijasida «Qamchiq» dovonining 157-167-
km larida sodir bo'ldi, Bu ofat oqibatida 29 nafar odam halok bo'ldi,
19 kishi turli jarohatlar oldi va 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib
ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra tezkor guruhiar
hodisa yuz bergan joyga yetib kelib, uning oldini olish chora-tadbirlari
ko‘rildi. Ko‘rilgan tadbirlar oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobillar
qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib
tushirganligi aniqlandi va zudlik bilan ular qutqarildi. Ofat yuz bergan
joyga Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari avariya qutqaruv
boTimlari, «Najotkor» respublika qidiruv-qutqaruv markazi, Chirchiq
shahri «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qismi o‘z
texnik vositalari bilan jalb qilindi. Ular yo‘llami qor uyumlaridan tozalab,
odamlami xavfsiz joylarga olib chiqdilar, jabr k o ‘rganlarga birinchi tibbiy
yordam va boshqa ko‘maklami ko‘rsatdilar. Umuman, bu ofat dan 400 ta
transport vositasi va 1200 dan ziyod yo ‘lovchi qutqarib qolindi.
Hozirgi vaqtda togTi hududlarda maqsadli qurilishlar (suv omborlari,
GESlar, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi) munosabati
bilan qor ko'chkilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar aniqlanib,
o‘rganilib, tegishli tadbirlar amalgam oshirildi. Qor ko‘chkilarining oldini
olish uchun muhandislik choralarini ko‘rish (tog‘ yonbag‘irlari tekislanib,
supalar tashkil etish, daraxtzorlar barpo etish, harakatga keluvchi qor
uyumlarini yo‘qotish, to'siqlar o ‘rnatish va boshqa himoyalanuvchi
vositalar qurish) talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: