VII BOB
TEXNOGEN TURDAGI FAVQULODDA
VAZIYATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
Texnogen turdagi favqulodda vaziyatiarga 7 xil ko‘rinishdagi falokatlar
kirib, ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-oktabrdagi 455-sonli qarorida «Texnogen, tabiiy va ekologik turdagi
favqulodda vaziyatlar tasnifi»da ko'rsatib o‘tilgan.
7.1. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar
Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 53 ta suv
ombori, daryo suvlarini iste’molchilarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq
suv to‘g‘onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa suv
inshootlari mavjud. Bunday inshootlar har qanday favqulodda vaziyatlar
yuz berganda (harbiy holatda ham, tinchlik davrida ham) katta xavf
tug‘diradi. Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik
aholi yashash punktlari yaqinida joylashgan boTib, yuqori darajadagi
xavfli obyektlar hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo'ladi:
Dostları ilə paylaş: