f) suv oqimini tartiblash inshootlari (suv oqimini to‘g‘rilovchi, daryo
va qirg‘oq o ‘zanlarini yaxshilovchi va boshqalar);
g) baliq xo‘jaligi inshootlari (baliq boqish uchun).
Gidrotexnika inshootlarining buzilishi juda katta hududlami, jumladan:
shaharlar va aholi yashash joylarini, sanoat tarmoqlari
va moddiy resurs-
larning suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta -
ham ma’naviy, ham moddiy zararlar olib kelishi ga sabab bo‘!adi. Jumla
dan, suv urib ketgan inshootlar, avtomobil va temiryo‘llar, elektr va aloqa
uzatish
simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosili, ekinzorlar va boshqalarning nobud bo‘lishi, xomashyo, yoqilg‘i,
oziq-oqat mahsulotlari, o ‘g ‘itlar va boshqa resurslarning
yaroqsiz holga
kelishi; aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish xarajatlari;
yerlarning hosildor qatlamining yuvilib ketishi; suv bosgan hududlarga
oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa
kerakli mahsulotlarni
olib kelish xarajatlari va boshqa salbiy talafotlarga olib keladi.
Gidrotexnika inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi:
- tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, ko‘chki, jala, yomg'irlar yuvib ke-
tish va boshqalar);
- uskunalaming tabiiy yemirilishi va eskirishi;
- inshootni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;
- suvlardan foydalanish qoidalarining buzilishi;
- portlatishlar oqibatida (harbiy
harakatlar, terrorchilik va boshqalar).
Gidrotexnika inshootlarining buzilishi muayyan oqibatlarga olib
keladi, jumladan: gidrotexnika inshooti o ‘z vazifasini bajarmay qo‘yishi;
suv toiqinining odamlarga zarar yetkazishi va turli inshootlaming
buzilishi; hududlami suv bosib, mol-mulkka,
yerlarga, moddiy resurslarga
va boshqa obyektiarga jiddiy moddiy zarar keltirishi. Shuning uchun
bunday inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ulaming
xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Fuqaro muhofazasi to 'g ‘risidagi
Qonunning 8,9-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuklangan.
Unga ko‘ra bunday xavfli obyektlami loyihalash,
qurish va ishtatish
davomida
Dostları ilə paylaş: