Raqamli iqtisodiyotning mohiyati va xususiyatlari.
Raqamli iqtisodiyot platformasining tuzilishi.
§ 1.1. Postindustrial iqtisodiyotdagi yangi hodisalar Globalizatsiya 1) so‘nggi o‘n yillikda turli xil bozorlar, xususan, kapital, texnologiyalar va tovarlar, shunga bog‘liq holda ishchi kuchi tobora ko‘p qatlamli tarmoqqa qo‘shilib, iqtisodiy globallashuv jarayoni tezlashdi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – yagona bozor va axborot makonining shakllanishiga va jahon tovar va xizmatlar savdosining erkinlashuviga olib keldi. Iste’molchilar mahsulotlar va ularning bozor xususiyatlari hamda mahsulotlarning keng assortimenti to‘g‘risida zamonaviy va ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Iste’molchilar ishlab chiqaruvchilarga o‘zlari uchun kerakli mahsulotlarni buyurtma qilgan holda, bozorlarda tobora taniqli rol o‘ynashni boshladilar.
2) tor doiradagi iste’mol Tor doiradagi iste’molning rivojlanishi va tajribaning mulkchilikdan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi ortidan “Hamkorlikdagi iste’mol iqtisodiyoti” modeli paydo bo‘ldi. Uning asosiy tamoyillaridan biri bu – bundan qandaydir boshqa maqsadlarda emas, balki to‘g‘ri maqsadda foydalanishdir. Ya’ni, ba’zi odamlarda boshqalarga kerakli bo‘lgan resurslar – asbob-uskunalar, mashina, uy-joy, ko‘nikma, qobiliyat, ma’lumotlar va bo‘sh vaqtning ortiqchaligidir.
Asosi – peer-to-peer modeli hisoblanadi. U turli shaxslar va tashkilotlar bilan tovarlar va xizmatlar savdosi, iste’mol, ishlab chiqarish, tarqatish va hamkorlikda yaratishni o‘z ichiga oladi. Tor doiradagi iste’mol konsepsiyasi muvozanatga erishishda mantiqiy xarajatlari kichik bo‘lgan komponentlar va materiallar sifatini oshirish hamda qiymatini pasaytirishdan iborat bo‘ladi. 1990 yillarning boshlarida yalpi ishlab chiqarish va iste’mol o‘rnini yangi tendensiya ya’ni, dunyo bozorlarida pul aylanmasini tez o‘ziga jalb qiladigan ishlab chiqarishni xususiylashtirish va iste’molni shaxsiylashtirish jarayoni egalladi. Bu tamoyil qamrovi tovar va xizmatlarning yangi turlariga moslashtirilgan iste’mol imtiyozlarini keng yoyish va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish va arzonlashtirish choralari bo‘yicha yaqin o‘n yillikda o‘sib boradi. 3) o‘zgarishning o‘suvchan tezligi Kundalik hayotni tashkil qilishdan sanoat ishlab chiqarishigacha bo‘lgan turli sohalarda, odatiy harakatlarni sezilarli darajada o‘zgartiruvchi Innovatsion texnologiyalar o‘suvchan tezlikda o‘z iste’molchilarini qamrab oladi. Innovatsiyalarning rivojlanish tezligi bosimi ostida kompaniyalar o‘zlari amalga oshirayotgan jarayonlar va biznes operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga, mahsulot va xizmatlarga yangicha yondashuvni ishlab chiqishga, mavjud biznes-modelini almashtirishga majburdirlar. Yangi mahsulotlarning bozorga chiqish tezligi doim oshib boradi. Biznesning belgilangan model va jarayonlari nofaol bo‘lib qoladi. Biznesning doimiy o‘zgarishlar va beqarorlik sharoitlarida faoliyat yuritishiga to‘g‘ri keladi. “Hamkorlikda iste’mol iqtisodiyoti” va elektron platformalar tamoyillariga asoslangan yangi biznes-modellari rivojlanadi.
4) kommunikatsiyani raqamlashtirish Bugungi kunda kommunikatsiya texnologiyalari odamlar, shuningdek, odamlar va tashkilotlar (hukumat organlari, kichik va yirik biznes, chakana savdo, ijtimoiy soha tarmoqlari) o‘rtasidagi aloqa modellarini o‘zgartirmoqda. Aloqalarni o‘rnatish va saqlash osonlashmoqda, har qanday masofada bir-biri bilan bir zumda onlayn yoki o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin. Raqamli texnologiyalarning tarqalishi daromadlarni taqsimlashdan ko‘ra tez va osonlik bilan sodir bo‘lmoqda.
5) ijtimoiy transformatsiya Global demografik o‘zgarishlarning asosiy vektorlari quyidagilardir: iqtisodiy rivojlanish va urbanizatsiya bilan aholining tug‘ilish darajasi va o‘limning barqaror pasayishi, dunyo aholisining o‘sishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi hamda kam rivojlangan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga aholi migrasiyasining tezlashishi hisoblanadi.
6) texnologiyalar va innovatsiyalar. Zamonaviy iste’molchilarning xatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri bu texnologiyalarning jadal rivojlanishidir. Bir tomondan, texnologiyalar iste’mol imkoniyatlarini kengaytiradi, keng turdagi tovarlar va xizmatlarga kirish imkoniyatini ochadi. Boshqa tomondan esa hayotimizni murakkablashtiradi va uni o‘zgartiradi. Ba’zida biz texnologiyalarning rivojlanish sur’ati va murakkabligi bilan kurashishni to‘xtatib qo‘yamiz va hatto ularning ta’siri ostiga tushib qolamiz.
Bugungi kunga qadar texnologiyalarning doimiy ravishda takomillashib borishi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning jadal sur’atlari sanoatda band bo‘lgan kishilar ulushini kamaytirish imkonini berdi. XX asrning o‘rtalarida Alen Turen, Daniel Bell, Elvin Toffler va boshqa bir qator sosiologlar mazkur jarayonlarni kuzatib, tadqiqotlari davomida o‘z ilmiy asarlarida jamiyat tipologiyasining ma’lum bir sintetik modelini yaratdilar va jamiyat rivojlanishini quyidagi bosqichlarini aniqladilar: Sanoatgacha (sanoatdan oldingi) agrar jamiyat bo‘lgan davrda – unda asosiy rivojlanish qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hisoblanadi. Sanoat (XVIII-XX asrlarda) – rivojlanishning asosiy lokomotivi bo‘lib sanoat hisoblanadi. Postindustrial (hozirda XX asrning ikkinchi yarmi) – unda bilim asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning boshlari inson hayotining barcha sohalarida bilim, intellektual resurslar, ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) asoslangan ulkan texnologik o‘zgarishlar bilan ajralib turdi, shu tufayli jamiyatning sanoat shaklidan postindustrialga o‘tish jarayonlari hali ham davom etmoqda. Jamiyatdagi o‘zgarishlarning tez sur’atlari tufayli turli sohalar mutaxassislari postindustrial jamiyatning dastlabki konsepsiyasiga qaramay, postindustrial jamiyat shakllanishining ekvivalent belgilaridan faqat bitta belgini ajrata boshladilar, bu esa raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti, bilimlar iqtisodiyoti, axborot iqtisodiyoti va boshqalar kabi hodisalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. “Xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti”. Postindustrial iqtisodiyotning eng yorqin belgilaridan biri bu sanoatning aholi bandligi va YAIM ulushi kabi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘rinni xizmat ko‘rsatish sohasiga bo‘shatib berganligidir. “Xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotining asosiy konsepsiyasi inson hayotiga yo‘naltirilgan xizmatlarni ko‘rsatishga, korxonalarni kompleks avtomatlashtirish ishlarida shaxsan ishtirok etish zarurligiga yo‘naltirish hisoblanadi.
1.1-rasm. Postindustrial iqtisodiyotda yangi fenomenlar
“Axborot iqtisodiyoti” XX asrning 60 yillarida iqtisodchilar T.Umesov va F.Maxluplarning ishlarida, M.Porat tomonidan keltirilgan “Axborot jamiyati” degan atama paydo bo‘ladi. Ushbu konsepsiyada jamiyat rivojlanishinig asosiy omili bo‘lib, nomoddiy tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish emas, balki axborot deb qaraladi.
“Axborot iqtisodiyoti” XX asrning 60 yillarida iqtisodchilar T.Umesov va F.Maxluplarning ishlarida, M.Porat tomonidan keltirilgan “Axborot jamiyati” degan atama paydo bo‘ladi. Ushbu konsepsiyada jamiyat rivojlanishinig asosiy omili bo‘lib, nomoddiy tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish emas, balki axborot deb qaraladi. Ya’ni, axborot iqtisodiyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (fuqaro, kompaniya, milliy iqtisodiyot) mahsuldorligi va raqobatbardoshligi bevosita ularning ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, shuningdek olingan bilimlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatiga bog‘liqdir. “Bilimlar iqtisodiyoti”. Mazkur atama F.Maxlupning axborot jamiyati nazariyasidan kelib chiqqan, lekin fanga P.Bruker tomonidan kiritilgan. Ushbu konsepsiya doirasida, endilikda iqtisodiyotning asosiy mahsuloti axborot emas, balki axborot asosida yaratilgan bilimlar hisoblanadi. Shunday qilib, axborot olishga ruxsati bor bo‘lganlar emas, balki ma’lum bilimlar jamlanmasiga egalik qiluvchilar yanada obro‘li xodimlarga aylanishadi. “Kreativ (ijodiy) iqtisodiyot” – intellektual faoliyatga ya’ni, yangi bilimlarni yaratishga asoslangan iqtisodiyot. Bu yuqorida tavsiflangan “bilimlar iqtisodiyoti”dan olingan tushuncha. Kreativ iqtisodiyot boshqaruvda, masalan, raqobatdosh ustunlikka erishish yoki inqirozli vaziyatlarni yengish maqsadlarida, birinchi qarashda umuman noodatiy, noan’anaviy, noyob va ba’zan bema’ni qarorlar qabul qilishga asoslanadi. XX asrda ko‘plab obro‘li xalqaro tashkilotlar bashoratlari bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili ijodiy fikrlashga qodir inson resurslari hisoblanmoqda. “Internet iqtisodiyoti” – Internet asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat turlari to‘plamidir. AKTning rivojlanishi Internet tarmog‘ida iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun qulay muhitni yaratishga olib keldi va Internet infratuzilmasining rivojlanishi hamda uning keyinchalik tijoratlashtirish tarmoq iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan elektron bozorning paydo bo‘lishiga yordam berdi. Bunga quyidagilar kiradi: • elektron tijorat; • elektron pul; • elektron marketing (tijorat, savdo-sotiq); • elektron banking; • elektron sug‘urta xizmatlari.
“Tarmoq iqtisodiyoti” – har qanday iqtisodiy tizimdagi har qanday kompaniya yoki shaxs minimal xarajat evaziga birgalikda ishlash, savdo qilish, fikr almashish yoki shunchaki dam olish uchun boshqa har qanday kompaniya yoki shaxs bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan muhitdir. Tarmoq iqtisodiyotining asosi barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini raqamlashtirish bo‘ladi. Blokcheyn tizimida barcha pul operatsiyalari, savdo operatsiyalarini daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi qat’iy muvofiqlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazish iqtisodiyotning samaradorligini maksimal darajada oshiradi, har qanday iqtisodiy parazitizm, korrupsiya va noqonuniy boyib ketishni bartaraf etadi. “Elektron iqtisodiyot” – axborot jamiyatining iqtisodiy faoliyati shakli bo‘lib, u tovarlar va xizmatlarni raqamli ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish tizimida rivojlanadigan munosabatlar yig‘indisini tavsiflaydi. Elektron iqtisodiyot murakkab tuzilgan o‘rganish obyektidir. “Yangi iqtisodiyot”. Bugungi kunga qadar ilmiy doira va ilmiy adabiyotlarda bu atamaning ta’rifi mavjud emas. Keng ma’noda bu atamani yuqori texnologiyalardan foydalangan holda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish deb tushunish mumkin. Bir qator olimlar yuqoridagi tushunchalarga xos jarayonlarni “yangi iqtisodiyot” ostida birlashtirishga harakat qilishdi. Ba’zi mualliflar ushbu atamani “postindustrial jamiyat” bilan almashtira boshladilar. Ehtimol “Yangi iqtisodiyot” yangi texnologiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy oqibatlarini butun tizimini o‘z ichiga oladi.