Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar saba belli boMishi mumkin: - tabiiy ofat tufayli;
- inshootlami loyihalashda yoki uni qurishda qo‘yiladigan xatolikiar
tufayli;
- ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;
- transport, mexanizm, jihozlardan noto‘g‘ri foydalanganda;
- agressiv moddalar (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli mod-
dalar)ning noto‘g ‘ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi
oqibatida;
- texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.
M ana shunday xatolikiar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar
sodir bo‘ladiki, oqibatda k o ‘pdan ko‘p insonlar jabrlanadi va moddiy
boyliklar yo‘q bo‘lib ketadi. Ko‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi
sanoat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, go‘sht-sut, oziq-ovqat, metallur-
giya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchray-
di. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bo‘ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta
ishlovchi, qog‘oz-selluloza, go‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash
inshootlarida hamda temir yo‘llarda KTZMni tashishda ko‘p uchray-
di. KTZM ko‘rsatilgan konsentratsiyadan ortiq boTganda odamlarga,
qishloq xo ‘jalik hayvonlariga, o ‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib,
turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda
qoTlaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod florid, azot va ol-
tingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. B a’zi bir KTZMlaming
fizik-kimyoviy va zaharli xususiyatlari 7-jadvalda keltirilgan. Shulardan
sanoatda ko‘p ishlatiladigani ammiak.
Ammiak - nashatir hidli rangsiz
gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o‘g‘it.lar olishda va
boshqa maqsadlarda ishlatiiadi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda
aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi.Uning yuqori konsen-
tratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdan chiqarib, asablarning
falaj boMishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa, bir
necha soatdan so‘ng u oTimga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadagi
jarohatlanish ro ‘y beradi