ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi. Bu borada
ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qay
ta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir.
Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Sa-
marqand, Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy
va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2,
hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq. Markaziy Osiyoda havoni eng ko‘p
ifloslantiruvchi Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahridagi alu-
miniy zavodi 1987-yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki ba
ravar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yo‘nalishigako‘ra,
ftorbirikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov,
Oltinsoy tumanlariga tushadi. Shuningdek, u yerlardagi havoning iflosla-
nishiga Shargundagi briket fabrikasi va g ‘isht zavodining ta’siri ham
katta. Ulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlaming salomatligiga
jiddiy xavf tug‘dirmoqda, hatto, uy hayvonlari ham bundan katta talafot
ko‘rmoqda.
Kimyo sanoati korxonalari ko‘p joylashgan Chirchiqdagi «Elek-
trokimyo», Farg‘onadagi «Azot», «Farg‘onaneftesintez», Navoiydagi
«Elektrokimyomash», «Azot» va boshqa sanoat birlashmalaridan juda
ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqariga chiqarib yuborilmoqda.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t.,
yoqilg'i kukuni - 100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (II) oksidi -
53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qo‘rg‘oshin
birikmalari - 1 mln t., ftor - 0,4 mln. t. chiqariladi. Bunday sanoat kor-
xonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli
xil kasalliklami keltirib chiqarmoqda, ummi qisqartirmoqda hamda atrof
muhitni, yerlami, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda. Ular-
ning hammasi esa insonlami muhofaza qiluvchi omillar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: