7.4. Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan shikastlanganda
aholining xatti-harakatlari
Yuqorida aytilganidek, respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarining
ko‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashi-
ladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir ko'rsatilsa, masalan, dushman
tomonidan boTadigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish
tarmoqlarida boTadigan, temiryoT transportlaridagi avariyalar tufayli
KTZM to'kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof muhitni, havoni za-
142
harlaydi. Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o ‘chog‘idagi va
unga yaqin bo‘lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi va KTZM xususiyatla-
riga ko‘ra kimyoviy zaharlanish har xil darajada bo‘ladi.
KTZMning qaynash harorati 20°C gacha boTsa, u tezda bugManib,
zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta boTadi. Agar KTZMning
qaynash harorati 20°C dan yuqori boTsa, bugTanish sekinroq kechib, uning
zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bo‘ladi.
KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtayi nazardan KT-
ZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bo‘linadi. KTZM
bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, holsizlanish,
ko'ngil aynishi, qusish. o‘qiy olmaslik kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli
zaharlanishda esa oTim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan
zaharlangan hududlarda xalqning xatti-harakatlari xuddi kimyoviy qurollar
bilan zaharlangan joylarda ko‘riladigan chora-tadbirlami o‘zginasidir, ya’ni
himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish
va boshqa omillar qo‘llaniladi. Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bo‘lsa,
ba’zi bir KTZMlar (masalan, NH3, CO)ning yutiluvchanlik xususiyati past
bo‘]ganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolatsiyalovchi gaz-
niqoblardan foydalanish kerak boladi.
Agar avariya holatida bir qancha gazlar aralashmasi bo‘lsa, faqat izo
latsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlan-
gan o‘choqdan odamlami evakuatsiya qilish tadbirlari ko‘riladi. KTZM
chiqib ketgan joylarda avariyalami tiklash ancha mushkul jarayonlardan
hisoblanadi. Bunda asosiy ishlardan:
- Birinchi tiklash ishlarini tashkil etish.
- KTZM tarqalgan hududni o‘rash (lokalizatsiya qilish) hisoblanadi.
Avariyani tiklash ishlarini o‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi
zaharli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak boTsa, fuqaro
muhofazasining qutqamv, tibbiyot, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini
saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani
tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va o‘sha atrofdagi
fuqarolami ham jalb qilish mumkin.
Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar o‘zini va boshqa-
lami saqlash qoidalarini bilishlari zarur. L'lardan har doim zaharlangan
fuqarolami shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira
bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan ko‘z, teri-
larni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.
143
S anoat gazniqoblarining x arakteristikasi
Dostları ilə paylaş: |