6.2. Yer silkinishi va uning oqibatlari
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu - yer silkinishidir
(zilzila). Yer silkinishi — yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebra-
nishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi.
Yer ostki zarbasining paydo bo‘lish o‘chog‘i, yerning ostki qatlamidagi
uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning ozod bo‘lish jarayoni tufayli
yuzaga keladi. 0 ‘choqning ichki qismi markazi giposentr deyiladi, yem-
ing ustki qismidagi markaz epitsentr deyiladi.Yer silkinishi yuzaga kelish
sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- tektonik zilzilalar;
- vulqon zilzilalari;
- ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;
- texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga tar-
qaladigani va eng ko‘p talafot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Sun
day yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o‘ramlarida boiadigan
harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.Qiya sathlarda tog1 jinslarining kat
ta bo‘laklarining ag‘darilishi yoki tog‘larning o‘pirilishi natijasida yuzaga
keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishi-
ning tarqalish maydoni kichik, ko‘p hollarda talafotsiz bo‘ladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmaning vulqon kanali orqali
yer yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishiga vulqoniy yer
silkinish deb ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashishi bilan
bog‘liq boMganligi sababli aksariyat ko‘p hollarda ular aniq bashorat qi-
linadi. Shuning uchun keltiradigan talafot deyarli kuchli bo‘lmaydi.
Insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlari
asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday yer silkinish yirik suv
omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer osti-
dan so‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda.
Inson o‘zining muhandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga
muayyan ta’sir etishi, u yoki bu darajada o ‘zgartirishi yer silkinishining
vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Daryo vodiylariga to'g'onlarning
qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha vuz
100
km3 dan katta bo‘igan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy hajmi
2,1 mlrd. m3, suv sathi maydoni 3640 ga ga teng) suv omborlari vujudga
kelmoqda. Yer qa’rida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer
sathiga so‘rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida
yotgan ko‘mir ana shu yer qa’rida yondirilib gazga, aylantirib olinmoq-
da. Vaqtincha saqlash maqsadida ba’zan yer osti g‘or1ariga, xandaqlarga
va tog‘ jinslari g‘ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida
kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib
olinmoqda.
Yer qa’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig‘ilayotgan energiya
miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir
bo‘lgan yer silkinishlar Hindiston, AQSH va O ‘zbekistonda kuzatilganli-
gi fandan m a’lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bo‘iingandan
keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar boMib o‘tgan. Tekshi-
rishlar ko‘rsatishicha, bu yer silkinishlar o ‘zlarining tayyorlanish, sodir
bo‘lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig‘ilgan suvning mi-
qdori va yig‘ilgan suvning suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog‘liq
holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga, birinchidan, suv omborining 2,1
mlrd. m3 dan ortiq suv bilan to‘latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi
tog1 jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikro-
siniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo‘lsa, ikkinchi-
dan, suvni suv omboridan bir m e’yorda chiqarilmasligi va tog‘ jinslariga
ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bo‘shatilishi, o‘zgarishi
sabab bo‘lgan.Respublikamizning g'arbiy hududida 1976, 1984-yillarda
Gazlida yuz bergan 8-10 balli yer silkinishlarini ba’zi olimlar ana shu
hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni so‘rib olish jarayoni bi
lan bog‘lashadi. 1976-yildagi Gazli yer silkinishining giposentri (zilzi-
la o ‘chog‘i, litosferaning m a’lum chuqurlikdagi tog‘ jinsiari qatlamlari-
ning uzilishi, surilish joyi) yer qobig‘ining 5-25 km chuqur oralig‘ida,
1984-yilgi yer silkinishida esa 50-2.00 km oralig‘ida joylashgan. Yer
silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig‘ilishi, sorfianish
darajasi, silkinish hududlaridan so‘rib olingan gaz miqdori,
y e r
qa’ri
to g '
jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligining ma’lum
darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir bo‘lish vaqtini tezlashtiradi.
Zilzila turlaridan eng xavfli si (talafotlisi) tektonik zilzila hisoblana
di. M a’lumki, har yili sayyoramizda seysmik asboblar (seysmograflar)
100000
dan
ortiq yer siJkinishlami qayd etadi. BuJardan 100 ti;si vavron
101
qiluvchi fojiali bo‘lib, imorat va inshootlaming buzilishiga, yer yuzasida
yoriqlarning paydo bo‘lishiga, ming-minglab insonlar yostig‘ining quri-
shiga olib keladi.
Yer silkinish o‘chog‘i giposentming joylashgan chuqurligi bo‘yicha:
yuza - 70 km gacha, o ‘rta - 70-300 km va chuqur - 300 km dan pastda
«mantiya» qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respu-
blikamizda kuzatiladigan zilzilalar o‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqur-
iiklarda joylashganligi qayd etilgan.
Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o'chog‘i vu
judga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bo‘ladi, bular, o‘z nav-
batida, yeming ustki qatlamining tebranishiga olib keladi. Giposentrdan
hamma tarafga qaytar seysmik to'lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasi-
ga va ko‘ndalang turlarga bo'linadi. Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan
(vertikal tarzda) to'lqinlar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha navbatma-navbat yer
po'stlog‘ini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer sil
kinish oldidan chiqadigan tovushning o ‘zginasidir. Ko‘ndalang to ‘lqinlar
(gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila tolqinlarini vujudga keltiradi va
epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi.
Epitsentr
Kuchli yer silkinishi oqibatida yeming yaxlitligi, butunligi o‘zgaradi,
inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi,
insonlar o iim i yuz beradi. Yer silkinishi ko‘pchilik hollarda m a’lum inten-
102
sivlikda chiqadigan tovush bilan yuz ’beradi va uning past-balandligi yer
qimirlashining kuchiga bog‘Hq. Yer qimirlashining asosiy ko‘rsatkichlari
quyidagilardan iborat: yer silkinish o‘chog‘ining chuqurligi, silkinish am-
plitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.
Dostları ilə paylaş: |