VI BOB
TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
6.1. Tabiiy ofatlar haqida ma’Iumot
Kishilik jamiyati sivilizatsiyasining tarixi tabiiy ofatlar, avariya va
katastrofalar bilan bog‘liq. Sodir bo‘ladigan bar qanday turdagi tabiiy
ofatlar mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishiga, ko‘plab insonlaming
o ‘limiga yoki hayot faoliyatining buzilishiga, tabiaming zararlanishiga
va boshqa salbiy oqibatjarga olib keladi. Butunjahon «Qizil xoch»
hamjamiyati tashkilotining maTumotlariga qaraganda tabiiy ofatlardan
ko ‘rilayotgan moddiy va m a’naviy zarar miqyosi butun dunyoda yuqori
tezlikda ortib bormoqda. Ayniqsa, o ‘tgan XX asrda tabiiy ofatlardan 11
min. dan ortiq insonlar o ‘limi va juda katta miqyosda moddiy zararlar
ko‘rildi. Shunga o ‘xshash holat XXI asrning o ‘tgan 8 yili davomida
ham kuzatildi. Jumladan, 2004-yil Xind okeanidagi «Sunami»dan - 300
ming; 2005-yil AQSHdagi «Katrina» to ‘fonidan - 200 ming; 2005-yi!
Kashmirdagi (Pokiston) yer silkinishidan - 78 ming; 2008-yil «Myan
ma» to ‘fonidan 130 ming; 2008-yil Xitoydagi «Sechuan» yer silkin-
ishidan 62 mingdan ortiq odamlar o‘limi yuz berdi.
Tabiiy ofat
- bu
tabiatda yuz beradigan favquloddagi o ‘zgarish bo‘lib, u birdan, tezlikda
insonlaming m o‘tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odarn-
larning hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarining, o ‘limi moddiy boy-
liklaming buzilishi va yo‘q bo‘lib ketishi bilan tugaydigan hodisadir.
Tabiiy ofatlaming turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli
shamol, yong‘in, qurg‘oqchilik, yer surilishi va boshqalar. Bu xildagi
tabiiy ofatlar bir-biriga bog‘liq holda hamda bog‘liq bo‘lmagan holda,
alohida yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqi-
batida yuzaga kelishidir. Masalan, o ‘rmonda yong'inlarning keiib chiqi-
shi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, karyerlarni ishga so-
lishda, platinalar qurishda yeming surilishiga, qorlaming ko'chishi va
boshqa ofatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hech narsaga bog'iiq
bo im ag an tabiiy ofatlar juda katta miqyosda va turli vaqtlargacha bir
necha soniya, daqiqadan (yer surilishi, yer silkinishi, qor ko‘chishi) bir
necha soatlargacha (kuchli qor va yom g‘ir yog‘ishi), hatto kun va oyga-
cha (suv toshqini va yong‘in bo‘lishi) cho‘zilishi mumkin. Lekin bu
98
xildagi tabiiy ofatlar hamma joylarda ham yuzaga kelavermaydi. Jum-
ladan, yer silkinishi, yer surilishi ofatlari ko‘proq tog'li hududlarda ku-
zatiladiki, buning oqibatida nafaqat insonlar, balki xalq xo‘jaligi tarmoq-
lari, hatto atrof muhit qattiq shikastlanadi.Yana kuchli yog!ingarchilik,
qor yog‘ishi natijasida suv toshqini kuzatiladiki, oqibatda, fuqarolarning
yashash joylari, sanoat korxonalari, temir va magistral yo‘llar, gidro-
texr.ik mshootlai izdan chiqadi.
Xuddi shunga o ‘xshash ta’sirlar yer surilishi, qor ko‘chishi, qurg‘oqchi-
lik, kuchli shamollar ta’sirida ham kuzatilib, oxir-oqibatda insonlar katta
ham m a’naviy, ham moddiy zarar ko‘radilar. Ammo, barcha tabiiy ofatning
turiari ham hamma joydakuzatilavermaydi. Tabiiy ofatning har qaysi shakli
o ‘zlarimng fizik m a’nosiga, kelib chiqish sabablariga, o‘zining tavsifiga,
kuchiga va tashqi atrofga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga ega. Bu tabiiy
ofatlar bir-biridan farq qilishidan qat’i nazar, ular bir umumiy xususiyatga
ega. Ya’ni ulaming ta’siri juda keng miqyosda bo‘lib, o‘zini o‘rab turgan
atrof muhitga juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi hamda insonlar ruhiyatiga
jiddiy zarba beradi. Shuning uchun, bu tabiiy ofatlami o‘z vaqtida bilib,
uning tavsifiari va sabablari aniq o‘rganilsa, bu ofatlaming oldini olish
yoki ulaming zarar keltirish xususiyatlari birmuncha kamaytirilgan
bo'lardi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan keyingi qilinadigan xatti-harakatlami
va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Tabiiy
ofatlarga qarshi kurash choralaridan biri - bu xalqni o ‘z vaqtida voqif
etish hisoblanadi. Bu esa tabiiy ofatdan keladigan zararlami birmuncha
kamaytirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Yana tabiiy ofatlar yuz
berganda xalqqa ma’naviy yordam berish chora-tadbirlari va qilinadigan
birinchi ishlami to‘g ‘ri tashkil etish shakllari eng asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Bu ishlaming boshida fuqarolar muhofazasi organlari turib,
ular ofat yuz bergan joyda (urush davrimi, tinchlik davrimi, baribir),
xalqni bu ofatlardan muhofaza etish va falokat yuz bergan joydan
hammani bexatar joyga ko‘chirish omillarini amalga oshiradi. Qaysi yerda
yuqori intizom, aniq belgilangan chora-tadbirlar bo‘lsa, o ‘sha yerda har
qanday ekstremai sharoitlarda harakat qilish ishlari va ulaming natijalari
yuqori bo‘ladi (ma’naviy talafot va moddiy yo‘qotish). Yuqorida aytilgan
fikrlar tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda o ‘z natijasini bergan. Masalan:
Turkmaniston (Ashxabad), 0 ‘zbekiston (Toshkent, Gazli), Armaniston
va boshqa davlatlardagi yer silkinishlari, Jigariston ( 0 ‘zbekiston),
99
Sharoradagi (Tojikiston) yer surilishi; Qoraqalpogistondagi, Pskentdagi
hamda Bo‘stonliq tumanlaridagi suv toshqini va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |