- kommunal-energetik tarmoqlar, bino-inshoot va qurilmalaming
vayronagarchilik darajakrini;
- jabrlanganlarning turgan joyi va ularga yetadigan xavf darajasini;
- vayronalarni ajratish va ulardan jabrlanganlami olib chiqarishni;
- jabrlanganlami qulay
joylarga evakuatsiya qilishni;
- ichimlik va xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv
manbalarining holatini;
- qutqaruv ishlarini amalga oshirishning sharoitlari va ketma-kethgini;
- mehanizatsiya vositalaridan foydalanish qoidalarini;
- portlatish ishlarini olib borish imkoniyatlari va hokazolar.
Zilzila natijasida vayronalar tagida, tuproq ostida, qulash xavfi mavjud
boMgan inshootlardagi, yong‘in chiqayotgan binoda qolgan odamlarni
qutqarishga darhol kirishiladi. Buning uchun
shikastlanish hududlariga
FVDT tizimlari tezda kiritiladi. Vayronalar tagidagi jabrlanuvchilarni
topish uchun qutqaruv tizimlari vayrona hududini, vayron bo‘lgan bino va
inshootlaming holatini to ‘liq o ‘rganib, so‘ngra vayronalar ostida qolgan
odamlar bilan muzokara yoki taqillatish usuli bilan aloqa o‘matilib, so‘ngra
ularni qutqaradilar. Jabrlanuvchilar tepasidagi inshoot vayronalarini
ajratishda xavfsizlik choralariga qat’iyan rioya qilish kerak. Sababi agar
vayrona mustahkam bo‘lmasa yoki inshoot konstruksiyalari o‘rtasidagi
bog‘lovchi elementlar buzilgan bo‘lsa, elementlarning o‘z~o‘zidan
sxljishi yoki vayrona vazni cho‘kishi mumkin, bu esa qutqaruvchilarga
ham, jabrlanuvchilarga ham xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun
vayronalardan odamlarni qutqarishda buzilgan
inshootlaming yirik
elementlarini qattiq tortish, qimirlatish yoki kuchli zarbalar berishga
yo‘l qo‘ymas!ik darker. Shuningdek, vayronalar icbidan yoki qurilish
elementlari (parcha plita) ostidan odamlarni olib chiqishda vayrona
elementlarini ham siljitish kerak emas, chunki bular jabrlanuvchilarga
qo'shimcha jarohatlar yetkazishi mumkin.
Jabrlanuvchilarni qutqarishda,
birinchi navbatda, jabrlanuvchinsng
boshi va tanasining yuqori qismi chiqarib olinib, so‘ngra tanasini
bosib qolgan qurilish parchalaridan ozod qilinadi va unga birinchi
tibbiy yordam ko ‘rsatiladi. Qutqaruvchilar qulay kiyimga ega bo‘lishi
hamda ular ishlatadigan jihoz, uskunalar uchun cho‘ntaklari bo‘lishi
kerak. Boshga albatta kaska kiyiladi. Hozirgi davrda vayronalar
ostidagi jabrlanuvchilarni qidirib topishda qutqaruv vositalarining
yangi turlari qo‘llanilmoqda.
Jumladan, jabrlanuvchilar chiqaradigan
180
tovushiarni aniqlaydigan elektron moslama - geofonlar ishlatilmoqda.
Bunday moslamalarning ba'zi turlari shunday sezgirki, hatto, ular
odamning yurak urishi bo‘yicha ham topishga qodir. Shuning uchun
qutqaruvchiiar odamlarni qidirib topishda doimo «tinchlik soati»ni
o ‘tkazadilar. «Tinchlik soati» vaqti mobaynida hech qanday uskuna,
jihoz, texnikalar ishlatiimasligi lozim bo'ladi. Chunki «tinchlik soati»
jabrlanuvchilarni topishda ko'maklashadi. Qutqaruv ishlarini olib
borishda maxsus o‘rgati!gan itlarning yordami ham yaxshi natijalami
ko‘rsatyapti. Bu turdagi itlar ikki mln. ga yaqin hidni farqlay olish
xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular qor-yomg‘ir, tuproq, bino
parchalari ostida qolgan odamlarni qidirib
topishda boshqa zamonaviy
uslublardan ustunlik darajasi yuqori hisoblanadi. Shularga asoslangan
holda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra
1998-yil 5-sentabrda FVV tarkibida «kinologiya» xizmati tashkil etilgan.
Kinologiya xizmatining asosiy vazifasi - itlarni xizmatga tayyorlashni
tashkil etish va har qanday ekstremal vaziyatlarda jabrlanganlam i qidirib
topishdan iborat. O'zbckiston Respublikasi FVVning avariya-qutqaruv
otradi tarkibidagi kinologiya xizmati 1999-yil avgust oyida Turkiyaning
Izmir va Adanazari viloyatlarida hamda 2001-yil Ilindistonning Gujarat
shtatidagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etib,
ijobiy
yordam ko‘rsatdilar.
Dostları ilə paylaş: