10.3. Zararlangan materiallarga maxsus qayta ishlov berish Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurollari oqibatida insonlar,
atrof muhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshootlar
radioaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va bakterial moddalar bilan
zararlanishi mumkin. Shu sababdan fuqarolarni mana shu zararlanishdan
saqlashda maxsus ishlov berish omillari bajariladi. Maxsus ishlov berish
187
omili - umumiy qirg‘in qurollari talafotlarini y o ‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kom pleks vazifalam i o ‘z ichiga oladi. M axsus ishlov berish omili - to‘liq va qisman ishlov berish xillariga boMinadi. T o‘liq ishlov berish om ili deyilganda qo‘yilgan vazifalam i bajarishda hech qanday him oya vositalarisiz amalga oshirish, ya’ni xavfsiz sharoit yaratis'n tushuniladi. Qism an ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini him oyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. M axsus ishlov berish om ili - atrof muhitni zararsizlantirish va fuqarolarni sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan Texnika hamda transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa ta’mirlovchi korxonalarda am alga oshiriladi. Fuqarolarni sanitar ishlovdan o ‘tkazish esa hammom, dushxona va boshqa m axsus yuvinish joylarida am alga oshiriladi. Zararsizlantirish om iliga dezaktivatsiya, degazatsiya v a dezinfeksiya jarayonlari kiradi. Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalar (kiyim-kechak, him oya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) va inshootlardagi radioaktiv moddalarning faolligini y o ‘qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning