116
8.1. Baliqlar
ligi 15 m keladigan
gigant akula yoki 18
m ga yetadigan kit akulasi
eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari
juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqich
baqasimonlar va baliqlar bilan
oziqlanadi.
Skatlar turkumi.
Skatlarning tanasi yassi,
rombsimon yoki disk-
simon bo‘lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi in-
gichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan
ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi.
Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi, masalan, dumining
asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi.
Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli
elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi.
Skatlar zaharli
nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o‘z o‘ljasini falajlaydi yoki
dushmanini qochishga majbur qiladi.
Skatlar boshqa ko‘pchilik tog‘ayli baliqlar singari tirik tug‘adi. Ular
kam pushtli bo‘lib, bitta urg‘ochi skat 1–3 tadan 20–30 tagacha
nasl beradi. Ko‘pchilik skatlar dengiz tubidagi mollyuskalar bilan
oziqlanadi. Faqat eng yirik, bahaybat
manta suv qa’ridagi
mayda
qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi. Skatlar
ning 350
ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog‘i uchun ovlanadi.
1. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan?
2. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
3. Akulalar qanday tuzilgan?
4. Akulalar terisidagi tangachalar qanday tuzilgan?
5. Skatlar suv tubida yashashga qanday moslashgan?
6. Skatlarning qanday himoyalanish vositalari bor?
1. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
2. Akulalar qanday tuzilgan?
a) dum suzgichi kuchli rivojlangan;
a) tanasi rombsimon, disksimon
b) skeleti tog‘aydan iborat;
yassi;
d) jabra yoriqlari 5–7 juft;
b)
tanasi suyri shaklda;
e) jabra yoriqlari 1–3 juft;
d) plastinkasimon
tangachalari bor;
f) jabra qopqoqlari keng va qalin;
e) dum suzgichlari iðga o‘xshash;
g) jabra qopqoqlari bo‘lmaydi.
f) tishlari, tangachalarida emal bor;
g) suzgichi tanasiga tutashgan.
Baliqlarning yashash muhiti va unga moslanish belgilarini juftlab yozing.
a) chuqur suvda;
1) tanasi suyri shaklda;
b) suv tubida;
2) yorug‘lik tarqatuvchi organi bor;
d) suv yuzasida;
3) tana rangi xilma-xil;
e) korall riflarida.
4) tanasi yassi.