— Yuzlaringizdan qattiq charchaganingiz sezilib turibdi.
M a’ruzaga ishdan keyin kelganingiz ko‘rinib turibdi. M a’ruza
sizlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lishiga harakat qilaman
(Hissiy qo‘llab-quvvatlanishni
ifodalash, iliq shaxslararo
munosabatni shakllantirish).
— 0 ‘zimni tanishtirishga ijozat bering! Oilaliman ikki
qizim bor, men faqat psixologiya bo‘yicha mutaxassis bo‘lib
qolmasdan, balki ikki farzandning onasiman.
Barcha oilalarda
bo‘lgani kabi bizning oilada ham munosabatlarda muammo
va qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Biz ularni hal qilishga harakat
qilamiz. Bugun oilaviy muammolami qanday hal qilish haqida
gaplashamiz (Hissiy ochiqlikni namoyon qilish «tenglik va
ham fikrlik» asosida suhbatga tayyorgarlik).
Siz yuqori sinf o‘quvchilari oldida nutq so‘zlamoqchisiz.
— Qadrli do‘stlar! M a’ruza oldidan sizlami ko‘rganimdan
xursandman: barchangiz kuchga to ‘lgan
va hamma narsaga
qiziquvchansiz. Bugungi ma’ruzamiz mavzusi sizlarga qiziqarli
bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ma’ruzani boshlashdan oldin, m a’
ruzamiz suhbat shaklida o ‘tsa, yanada yaxshi bo‘lardi. Bu
muammo bo‘yicha o ‘z fikringizni bildirishingiz mumkin, men
bo‘lsa o ‘z fikrimni bildiraman (Auditoriyani hissiy qabul qilish,
hamkorlikdagi dialog taklif etish).
— M a’ruzaga kelganingizdan juda xursandman. Sizlami
psixologik muammolar qiziqtirsa kerak. M a’ruzada
qiziqish-
laringizni e ’tiborga olishga harakat qilaman (Yuqori sinf
o ‘quvchilari qiziqishlarini, hissiy qo ‘1 lab - quvvatl ash).
Shunday qilib, quyidagi xulosalarga kelamiz. Maktabda
amaliy psixologiya bo‘yicha m a’ruza o ‘qish oson emas. Ko‘p
omillami hisobga olish zarur:
auditoriyaga moslashish, ularning
tilida gapirish, m a’ruza tinglovchilarga qiziqarli bo‘lishiga
hamda ularning ehtiyojlarini qondirishga harakat qilish zarur.
M a’ruzalami ta’sirli qilib o'qishga harakat qilish kerak, o ‘z
obrazini
chiroyli, ochiq, qiziqquvchan, boy hayotiy tajribaga
ega inson sifatida namoyon qilish lozim,
shaxsiy fikrni aytishga
intilish zamr. 0 ‘zingiz haqingizda o‘rinli gapirib berishingiz
mumkin. Har qanday auditoriyani siz psixolog,
inson sifatida
hayotingiz, his-tuyg‘ularingiz qiziqtiradi.
90