424
foizgacha,
Farg‗ona
vodiysida
15
foizgacha,
respublikamizning shimoliy qismida 15-20 foizgacha ortishi
kutilmoqda.
BMTning
hukumatlararo
komissiyasi
tomonidan
tayyorlangan "Iqlim o‗zgarishi - 2007" ma‘ruzasida insoniyat
faoliyati natijasida global haroratning ko‗tarilishiga oid inkor
etib bo‗lmas dalillar keltirilgan. 100 yillik uchun berilgan global
bashoratlarga ko‗ra, bug‗li gazlarni qisqartirish chora-tadbirlarni
amalga oshirganning o‗zida harorat 1.4 dan 5.8 C ga ko‗tarilishi
mumkin. Bu esa, albatta,
atrof-muhit, inson salomatligiga
salbiy ta‘sirini o‗tkazadi.
Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid siyosati va
suvdan oqilona foydalanish
hamda atrof-muhitni muhofaza
qilish
sohasida
amalga
oshirilayotgan
chora-tadbirlari
quyidagi asosiy tamoyillarga
asoslangan:
•
atrof-muhitni
aholi
turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida saqlash va
qayta tiklash bo‗yicha iqtisodiy hamda ekologik siyosatni
muvofiqlashtirish;
•
tabiatning ayrim tarkibiy qismlarini muhofaza qilishdan
ekotizimlarni umumiy va majmuaviy
ravishda himoyalashga
o‗tish;
•
jamiyatning barcha a‘zolarining atrof-muhitni muhofaza
qilish, uning xilma-xilligini saqlash va vaziyatni yaxshilash, aholi
hayoti uchun qulay sharoitlarini yaratish borasidagi javobgarligi.
O‗zbekiston Respublikasi hududidan oqib o‗tuvchi 8ta
daryolar, jumladan, Qashqadaryo, Chirchiq,
Surxondaryo
425
hamda Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryo
transchegaraviy
hisoblangan
daryolar
va
respublika
ahamiyatiga ega bo‗lgan 11 ta yer osti chuchuk suvlari hosil
bo‗ladigan hududlarni ifloslanishdan
muhofaza qilish maqsadida,
Vazirlar Mahkamasining jami 11 ta qarorlari, shu jumladan, 3 ta
qaror - yer osti chuchuk suvlari hosil bo‗ladigan 11 ta hudud
bo‗yicha (Toshkent viloyatidagi 2ta, Farg‗ona viloyatidagi 2ta,
Samarqand viloyatidagi 1 ta, Andijon viloyatidagi 1 ta,
Namangan viloyatidagi 1 ta, Qashqadaryo viloyatidagi 1 ta, Jizzax
viloyatidagi 2ta va Surxondaryo viloyatidagi 1 ta manba
bo‗yicha), 8 tasi - daryolar bo‗yicha qabul qilinib amalga
oshirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev BMT
Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qilgan nutqida ―Bugungi
kunning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri – Orol
halokatiga yana bir bor e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Mana,
mening qo‗limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‗ylaymanki,
bunga ortiqcha izohga hojat yo‗q. Dengizning qurishi bilan
bog‗liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa‘y-
harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.
Biz BMT
tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‗rgan aholiga amaliy yordam
ko‗rsatish bo‗yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‗liq
amalga oshirilishi tarafdorimiz‖
1
, - deb ta‘kidlagan.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ―Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson
xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama sheriklik asosida ―Trast
fondi‖ning tuzilishi o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‗i bo‗ldi.
Biz
O‗zbekiston tashabbusini qo‗llab-quvvatlagani uchun
1
http://uza.uz/oz/
.
426
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu
Guterrish hamda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti institutlaridan,
hamkor davlatlardan minnatdormiz‖
1
,-deb ta‘kidladi.
Inson va tabiat o‗rtasidagi munosabatlarning uyg‗un
barkamolligi Sharqda o‗ziga xos xususiyatga ega. Bu borada
Orol fojiasini unutmagan holda, suv va yerga bo‗lgan tafakkurni
o‗zgartirish hamda ushbu zamindan azaldan qaror topgan obi
hayotga eng ulug‗ ne‘matlardan deb, qarash borasidagi
munosabatni qayta tiklash zarur.
Dostları ilə paylaş: