600
xo‗jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‗rtasida
ma‘lum vaqt oralig‗ida (odatda, bir yilda)
amalga oshirilgan
barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
To‗lov balansidagi barcha bitimlar o‗z ichiga joriy va kapital
bilan operatsiyalarni olishi sababli u uchta tarkibiy qismdan iborat
bo‗ladi:
joriy operatsiyalar hisobi:
kapital harakati hisobi:
rasmiy zaxiralarning o‗zgarishi.
Mamlakatning tashqi to‗lov balansi mazkur davlatning chet
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining holatini
ifodalab,
uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo
siyosatini amalga oshirish va davlat
qarzlarini tartibga solishi
uchun indikator bo‗lib xizmat qiladi.
To‗lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy
zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin.
Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
chet el valyutalari;
oltin;
mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans
taqchilligi
rasmiy
zaxiralar
hisobiga
moliyalashtirilganda, ichki bozorda chet el valyutalari taklifi
ortadi, milliy valyutalar taklifi esa
nisbatan kamayadi va uning
ayirboshlash kursi nisbatan o‗sib milliy iqtisodiyotga inqirozli
ta‘sir ko‗rsatadi. Aksincha, to‗lov balansining aktiv qoldig‗i
Markaziy bank rasmiy valyuta zaxiralarining o‗sishi
bilan birga
borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi,
milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayriboshlash
kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
601
Markaziy bank tomonidan chet
el valyutalarining bunday
sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar
deyiladi. Rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy
hisobdagi
qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar
miqdorining o‗zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‗yicha
taqchillikni bartaraf etishni kechiktirishi va o‗zining rasmiy
valyuta ehtiyojlarini to‗liq sarflashi natijasida to‗lov
balansi
inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to‗lash holatida
bo‗lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud
bo‗lmaydi.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank
siyosatiga
ishonchsizligi
to‗lov
balansi
inqirozini
chuqurlashtiruvchi
omil
hisoblanadi.
Milliy
valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka
qaratilgan talabni rag‗batlantiradi.
Bu Markaziy bankning milliy
valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini
ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir
vaqtda to‗lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el
valyutalariga o‗sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish
uchun yetarli bo‗lmay qoladi.
Bunday holda valyutalarning,
«xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: