86
Jahon miqyosida qabul qilingan iqtisodiy xavfsizlikning quyi
va yuqori tahlikali chegaralari 2-jadvalda keltirilgan.
O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan so‗ng
iqtisodiy
rivojlanishning o‗zbek modelini amalga oshirilishi oqibatida qisqa
vaqt ichida chuqur tanglikdan chiqishga erishdi va 1996-yildan
boshlab iqtisodiy o‗sish tendensiyalariga ega bo‗ldi. 1996-2003
yillarda O‗zbekiston iqtisodiyoti o‗rtacha 4% yillik o‗sish
sur‘atlarida rivojlangan bo‗lsa, 2004-yildan boshlab, qulay
ishbilarmonlik
muhitini
yaratishga,
ishlab
chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlashga
qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishni amalga oshirish
natijasida, yiliga o‗rtacha 7-9% darajasidagi
barqaror va yuqori
o‗sish tendensiyasiga ega bo‗ldi. Keyingi 10 yilda (2007-2020-y.)
YAIM 2,7 barobardan ziyodga o‗sdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya 2020-yilda 1991-yilga
nisbatan 5,2 martaga, 2000-yilga nisbatan 5,7 martaga o‗sdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning YaIMdagi ulushi
2020-yilda 29,4%ni tashkil etdi. Bu ko‗rsatkich 2000-yilda
22,9%ni, 2010-yilda 24,6%ni tashkil etgan edi. Demak, bu
ko‗rsatkich quyi tahlikali darajadan ancha yuqoridir.
Davlat
byudjeti 2005-yildan boshlab profitsit bilan bajarilishiga erishildi.
Davlatning tashqi va ichki qarzlari darajasi tahlikali xavf
chegarasidan
ancha
pastdir.
Inflatsiya
5-6%
darajasida
barqarorlashdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisbatan 5-
6% da bo‗lib, tahlikali yuqori darajadan ancha kam bo‗lishi
ta‘minlandi. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‗zgartirishga
qaratilgan siyosatning amalga oshirilishi natijasida 1995-2020-
yillarda YaIM tarkibida qishloq xo‗jaligining ulushi 32,4% dan
qisqardi, sanoatning ulushi esa 27,8% dan 32,9%ga,
xizmat
ko‗rsatish sohasining ulushi esa 39,8%dan 49,5%ga o‗sdi.
87
2020-yilda koronavirus pandemiyasi va global moliyaviy
iqtisodiy inqirozining iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatganligi
tufayli YaIM o‗sishi 2019-yildagi 5,8 % va 2018-yildagi 5,4 % ga
nisbatan 1,6 % gacha sekinlashdi. 2020-yilda
aholi jon boshiga
YaIM hajmi 2019-yil bilan taqqoslaganda real baholarda 0,3 % ga
kamaydi. Aholi jon boshiga YaIM o‗sishi 2019-yilda 3,8 % va
2018-yilda 3,6 % ni tashkil etgan. Sanoat ishlab chiqarishi 100,7
% ga, qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligi mahsulot (xizmat) lari
103,0%ga, xizmatlar 102,3%ga, qurilish ishlari 109,1%ga,
chakana savdo aylanmasi 103,2%ga o‗sdi. Ammo asosiy kapitalga
kiritilgan investitsiyalar 8,2%ga, Yuk aylanmasi 4,8%ga, tashqi
savdo aylanmasi 13.1%ga, eksport 13,3%ga qisqardi.
Tashqi
savdo aylanmasi passiv saldosi -6043 mln AQSH dollarini tashkil
etdi. Inflatsiya 111,1% ga o‗sdi. Bu esa iqtisodiy xavfsizlikka
jiddiy tahdidlar vujudga kelganidan dalolat beradi.
Shu boisdan
pandemiyaning salbiy oqibatlarini tezroq bartaraf etish uchun
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash chora-tadbirlarini ko‗rishni
taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: