92
konstitutsion
tuzumning
mustahkamlanishi,
mamlakat
hududlarining yaxlitligi va bo‗linmasligini ta‘minlash hamda
xo‗jalik va boshqa faoliyatlar:
favqulodda vaziyatlar, tabiiy
ofatlar, falokatlar ta‘sirida vujudga keladigan noxush ekologik
holatlardan
kishilar
salomatligini
saqlash
kiradi.
Tashqi
sharoitlarga esa sherikchilik va o‗zaro hamkorlik asosida xalqaro
aloqalarning samarali tizimini shakllantirish
va rivojlantirish,
tashqi agressiyalarni qaytarish imkoniyatlarini ta‘minlash,
o‗zining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos
ravishda xalqaro hamjamiyatda o‗ziga munosib o‗ringa ega
bo‗lish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning ro‗yobga chiqishiga
to‗sqinlik
qiluvchi turli-tuman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoya
qilish davlat zimmasiga yuklatilgan.
Xavf va tahdidlarni quyidagi belgilari bo‗yicha guruhlarga
ajratish mumkin:
ta‘sir ko‗rsatish obyektlariga nisbatan – tashqi va ichki;
xavfsizlik sohalari bo‗yicha (ekologik, iqtisodiy, siyosiy,
harbiy va h.k.);
makon yoki ko‗lamiga ko‗ra (global, xalqaro,
mintaqaviy,
milliy, mahalliy va h.k.);
namoyon bo‗lish uslubi va shakllariga ko‗ra (bayonot,
kelajakda xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan va himoya choralari
ko‗rilishini talab qiluvchi shart-sharoitlar majmui, aniq harakatlar
va h.k.);
manbalari va harakatlantiruvchi kuchlariga ko‗ra (tabiiy,
inson faoliyati bilan bog‗liq va h.k.);
Iqtisodiy manfaatlarga tahdidlar ularning ta‘sirida vujudga
keladigan noxush va salbiy oqibatlar bilan bog‗liq ravishda qaralib,
xavf-xatar manbai sifatida izohlanadi.
93
ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab (qaltis ish, tahlika, xavf
hamda tahdid) va boshqalar.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimli ta‘sir ko‗rsatuvchi ko‗plab
destruktiv omillarning ta‘siri ostida shakllanadi. Bugungi kunda
iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi
destruktiv omillarning
quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: