See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikning destruktiv omillari



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224
30 06 2022 . (1)

4.1-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikning destruktiv omillari. 
Tahlikalar, qarshiliklar va tahdidlarga turli darajalar sifatida 
qaraladi. 
Qaltis ish (risk) – odatda, xavfsizlik subyektlarining bevosita 
faoliyati natijasida vujudga keladigan noqulay va ko‗ngilsiz 
vaziyatlarni anglatuvchi xavfning eng kichik ko‗rinishi – turi 
hisoblanadi. U doimo qandaydir ehtimollikdir. 
Xavf- xatarning manbai o‗zida yomon niyatlarni, zarar 
keltiruvchi xossalarga, destruktiv xususiyatlarni yashirin holda 
saqlagan va muayyan shart-sharoitlarda yuzaga chiqaradigan 
Xavf - xatar – bu salbiy ta‘sirning obyektiv holda mavjud 
bo‗lish 
imkoniyati 
bo‗lib, 
uning 
natijasida 
holatni 
yomonlashtiruvchi biror-bir zarar hamda taraqqiyotga xalal 
beruvchi dinamika va parametrlar yuzaga kelishi mumkin.


94 
sharoit va omillar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xavf-xatar 
shaxsga, iqtisodiy yoki tabiiy tizimga nisbatan zarar keltirishi, 
tashkillashtirishga putur yetkazish yoki uni to‗liq yo‗q qilib 
yuborishgacha boradigan, barqarorlikni buzib tashlashi mumkin 
bo‗lgan real yoki potensial (salohiyatli) kuch va omillarning 
mavjudligi hamda ta‘sirini ko‗zda tutadi.
Xavf-xatar har xil shakllar va turlarda, xususan, maqsadga 
yo‗naltirilgan g‗animlik xatti-harakatlari, odamlarning hayot 
faoliyatiga tahdid soladigan xatolarning, mas‘uliyatsiz xatti-
harakatlarning oqibati, tahlika, tabiat va jamiyatga zarar 
keltiruvchi ofatlar hamda boshqalar sifatida namoyon bo‗lishi 
mumkin. Ushbu atamalar qatorida tahlika xavf-xatarning eng quyi 
darajasi hisoblanadi, uning ortida qarshilik turadi, tahdidlar esa 
xavfsizlikning eng yuqori darajasidir.
Tahlika
– 
ro‗y berishi mumkin bo‗lgan xatar yoki xavf-
xatarni 
tug‗dirishga 
qodir 
bo‗lgan 
holatning 
ehtimollik 
imkoniyatidir. Tahlika yo‗qotishlarning, zarar, ziyon va 
boshqalarning ro‗y berishi mumkinligini anglatadi. Qarshilik – 
kurashga, bahslashishga kirishish istagi, uydirma xatti-harakatlar 
yoki bosim o‗tkazish vositasi, talabidir.
Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo‗lib, unda nafaqat 
yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish 
qobiliyati va tayyorgarlik namoyon bo‗ladi. Tahdid – zarar 
keltirish niyati, xavf-xatar imkoniyatini amalga oshirish 
jarayonida dolzarblashgan shaklidir. Tahdid – bu bevosita xavf-
xatar bo‗lib, uning manbai ko‗proq yoki kamroq darajada 
aniqlangan bo‗lishi mumkin. Tahdid kimga qarshi yo‗naltirilgan 
bo‗lsa, shularning unga tez munosabat bildirishini (reaksiya 
qilishini) talab qiladi.


95 
Zarar – tizimning tub mohiyatini belgilovchi xususiyatlar 
hamda tizim mavjudligining shart-sharoitlari o‗zgarishi natijasida 
barqarorligi yoki chidamliligining susayishi hisoblanadi. 
Bardoshlilik (chidamlilik)
 
– tizimning turli vayronkor omillar 
ta‘siriga qaramasdan, ko‗ngilsiz oqibatlarning kamaytirilishini 
keltirib chiqaruvchi aks ta‘sir choralarni ishga solish yo‗li bilan 
yoki ko‗ngilsiz tashqi ta‘sirlarga nisbatan tabiiy qarshilik 
natijasida 
o‗zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolish 
qobiliyatidir. 
Barqarorlik– tizimga nisbatan sezilarli salbiy ta‘sirlarning 
mavjud emasligi yoki uzoq muddat mobaynida bunday ta‘sirlarga 
nisbatan uning bardoshliligi ta‘minlanishi natijasida muayyan vaqt 
davomida tizimning muhim xususiyatlari saqlanib qolish holati. 
Tahdid obyektlariga – tahdid manbai ta‘sir etishi mumkin 
bo‗lgan tashkiliy tuzilmalar, jismoniy va yuridik shaxslar, xo‗jalik 
subyektining moddiy va nomoddiy aktivlarining hisob birliklari 
(texnik va infratuzilma obyektlari, ko‗chmas mulk obyektlari, 
tovar va moddiy boyliklar, naqd pullar qimmatbaho qog‗ozlar, 
hujjatlashtirilgan majburiyatlar, axborot resurslar va h.k.) kiradi. 
Tahdid predmeti – tavakkalchilik hodisasi natijasida 
sarflanadigan (yo‗qotiladigan) xo‗jalik subyektining resurslari 
(ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimi) 
bo‗lib 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy 
xavfsizlikka tahdidlar g‗oyat o‗zgaruvchan, diversifikatsiyalangan 
va eng muhimi har doim ham oldindan aniqlash mumkin emas. 
Chunki tabiiy muhitning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati 
omillarining kompozitsiyasi doimiy ravishda o‗zgarib turadi. Shu 
boisdan qulay vaziyatda, iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni 
ta‘riflashda milliy manfaatlarni kamroq yoki ko‗proq darajada 
to‗liq tushunishda yuz berishi mumkin bo‗lgan tahdidlarni keltirib 


96 
chiqaradigan, oldindan aytib bo‗lmaydigan omillarni hisobga olish 
zarur.
Agar tahlikalar qarshilikka, qarshiliklar esa tahdidlarga 
aylanayotgan bo‗lsa, bu so‗zsiz ravishda iqtisodiy xavfsizlik 
tizimidagi jiddiy buzilishlarning belgisidir. Bu holatni dastlab 
oddiy misolda ko‗rsatamiz. Har qanday, hatto juda tajribali 
haydovchi ham avtomobilning ruliga o‗tirib, katta yo‗lga chiqar 
ekan, o‗zining shaxsiy xavfsizligini va o‗z yo‗lovchilarining 
xavfsizligini muayyan tahlikaga qo‗yadi. O‗rnatilgan harakat 
tezligini oshirayotgan haydovchi xavf-xatarni yuqoriroq darajaga, 
ya‘ni qarshilik
darajasiga o‗tkazadi. Agar u mast holda rulga 
o‗tirsa yoki mashinani yo‗l harakati qoidalaridagi belgilarga 
e‘tibor bermasa, bu o‗zining shaxsiy xavfsizligiga ham, 
yo‗lovchilarning xavfsizligiga ham tahdid bo‗lib hisoblanadi.
Xavfsizlik darajalarining xuddi shunday ierarxiyasi piyodalar 
uchun ham mavjud. Agar inson ko‗chani piyodalar o‗tadigan 
yo‗lak bo‗ylab svetoforning qizil chirog‗ida kesib o‗tsa, bu 
qarshilik; agar mashinalar oqimida mumkin bo‗lmagan joyidan 
kesib o‗tsa, bu endi tahdid hisoblanadi.
Tahdidlarni milliy yoki xalqaro xavfsizlikning har qanday 
muammosiga nisbatan qo‗llanilishi mumkin. Masalan, transmilliy 
terrorizm (xususan, tolibonlarning harakati) – bu inson qo‗li bilan 
yaratilgan, faqat Amerika hamda sovet maxsus xizmati 
faoliyatining mahsuli bo‗lib, u biroz nazoratning bo‗shashtirilishi 
oqibatidir. 
Iqtisodiy xavfsizlik siyosatining eng muhim komponenti 
tahdidlarni 
qarshilikka, 
qarshiliklarni 
tahlikaga 
aylanish 
texnologiyalarini o‗zlashtirish va ularni oqilona qo‗llay bilishdan 
iboratdir.


97 
Tahdidlar iqtisodiy manfaatlarga, ularning o‗zgarishlariga, 
o‗zgarib borayotgan sharoitlarda ularga tuzatishlar kiritishga, 
yangi ustuvorliklar va vazifalarni belgilashga ta‘sir o‗tkazishga 
qodir bo‗ladi. Ichki va tashqi tahdidlarning ta‘siri ostida 
o‗zgartirish uchun tuzatishlar kiritilgan iqtisodiy manfaatlar 
jamiyat va shaxsning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish 
bo‗yicha samarali qarorlarni qabul qilish nuqtayi nazaridan 
davlatga, mamlakat iqtisodiyotiga, tegishli tuzilmalarga va 
hokimiyat organlariga ta‘sir o‗tkazadi. Agar barcha darajalarda 
qabul 
qilinayotgan 
qarorlar 
haqiqatan 
ham 
konstruktiv 
xususiyatga ega bo‗lsa, ushbu qarorlarni ro‗yobga chiqarishning 
ishonchli mexanizmi joriy etiladi va bu mamlakatning iqtisodiy 
xavfsizligini mustahkamlashda ijobiy aks etadi.
Keyingi o‗rinlarda biz xavf-xatarlarning barcha darajalari – 
tahlika, qarshilik va tahdidlarni ko‗zda tutgan holda ―tahdid‖ 
atamasini ishlatamiz. Iqtisodiy xavfsizlik uchun eng ahamiyatli 
tahdidlarni aniqlash yetarlicha murakkab masaladir. Tahdidlarning 
nazariyada yetarlicha tadqiq etilmaganligi ularni amalda tahlil 
qilish va neytrallashning murakkabligi izohlanadi. Iqtisodiy 
xavfsizlikka tahdidlarni ko‗rib chiqish chog‗ida zaiflikdan farqlay 
bilish, zarur hollarda tadqiqotchilar zaiflik va tahdidlarning tabiati 
garchi har xil bo‗lsa-da, ularni bir-biriga tenglashtirib qo‗yadilar.
Mazkur muammolarni oziq-ovqat xavfsizligi misolida ham 
ko‗rib chiqish mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari importiga 
qaramlik agrosanoat majmuasining zaifligi va inqiroz holatida 
ekanligidan dalolat beradi, lekin oziq-ovqat mahsulotlari jahon 
bozoridan erkin holda xarid qilinsa, tahdid to‗g‗risida gapirishga 
hojat qolmaydi. Agar bu shart bajarilmasa yoki uni buzishning 
real imkoniyatlari mavjud bo‗lsa, (masalan, embargo, sanksiyalar, 
jahon bozoridagi kamyob, mamlakatimiz importyorlarida zarur 


98 
mablag‗larning 
yo‗qligi), 
tahdidlar 
sifatida 
agrosanoat 
majmuasining zaifligi emas, balki aynan sanab o‗tilgan omillar 
chiqadi. 
Xuddi shu narsa xomashyo va texnologiyalar bozoriga kirish 
xavfsizligining ko‗pgina muammolariga tegishlidir: tahdidni 
milliy iqtisodiyotda tegishli ishlab chiqarishlarning mavjud 
emasligi (xalqaro bozorga qaramlik), balki tegishli mahsulot va 
texnologiyalarni sotib olishga xalal berishga qodir bo‗lgan omillar 
(masalan, sanksiyalar) keltirib chiqaradi. Bu albatta zaifliklarga 
e‘tibor berishga kerak emasligini anglatmaydi (aynan shular 
tizimni tahdidlar uchun ochiq qilib qo‗yadi), ammo ularni 
tahdidlar bilan tenglashtirish kerak emas. 
Tahdid jamiyat, davlat va ularning subyektlari, alohida 
shaxsning normal hayot faoliyatiga hamda manfaatlarini ro‗yobga 
chiqarishga to‗sqinlik qiluvchi, ziyon-zahmat keltiruvchi, xavf-
xatar tug‗diruvchi omillar, shart-sharoit va voqealiklarni 
ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar g‗oyat o‗zgaruvchan, 
diversifikatsiyalangan va eng muhimi har doim ham oldindan 
aytish mumkin emas, chunki tabiiy muhitning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish holati omillarining kompozitsiyasi doimiy ravishda 
o‗zgarib turadi. Shu boisdan qulay vaziyatda, iqtisodiy 
xavfsizlikka tahdidlarni ta‘riflashda milliy manfaatlarni kamroq 
yoki ko‗proq darajada to‗liq tushunishda yuz berishi mumkin 
bo‗lgan tahdidlarni keltirib chiqaradigan, oldindan aytib 
bo‗lmaydigan omillarni hisobga olish zarur. Tadqiqotchilarning 
ko‗pchiligi tahdidlarni tasniflash va umumlashtirishga urunadilar 
tasniflash ko‗plab ma‘lumotlarga mo‗ljal olish yengilroq bo‗lishi 
uchun kerak. 
O‗zbekiston Respublikasida jamiyat va uning har bir 
fuqarosining xavfsizligiga, yangilanish va taraqqiyot yo‗liga, 


99 
jahon hamjamiyatiga qo‗shilish yo‗liga solinayotgan tahdidlarni 
quyidagi guruhlarga ajratib, tahlil qilish mumkin. Barcha tahdidlar 
u yoki bu belgiga (tahdidlarning manbaiga, turiga va boshqalarga) 
ko‗ra guruhlarga bo‗linadi va bu quyidagi jadvalda o‗z aksini 
topgan. 
Tahdidlar kelib chiqishiga ko‗ra fuqarolarning konstitutsion 
huquqlariga, erkinliklariga, barqaror turmush darajasi va sifatiga, 
fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga, davlat suverinitetiga, hududiy 
yaxlitligiga, mudofaasiga va davlat xavfsizligiga to‗g‗ridan-to‗g‗i 
yoki bilvosita yo‗llar orqali zarar, talofat keltirish imkoniyatlariga 
aytiladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin