263
talablariga mos tarzda iqtisodiy o‗sish omillari va manbalari
o‗zgartirishni talab etadi. Investitsiyalar iqtisodiy o‗sishga, eng
avvalo,
bilimlarga
asoslanishi
bilan
tavsiflanadi,
ammo
bilimlarning amalda ―ishlashi‖ uchun davlat va xususiy sektorning
sherikchligini rivojlantirish, ilmiy muassasalarning vakolatlarini
kengaytirish, tegishli me‘yoriy - huquqiy hujjatlarning qabul
qilinishini ko‗zda tutuvchi zaruriy
institutsional muhit talab
etiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning mazkur turi samaradorligi yuqori
bo‗lgan va sifat jihatdan takomillashgan ishlab chiqarish
omillaridan keng foydalanishga asoslangan holda, mahsulot ishlab
chiqarish ko‗lamlarini oshirish bilan tavsiflanadi. Ishlab
chiqarishning o‗sishiga, amalda xodimlar malakasini oshirish,
birmuncha tejamkor resurslar va yuqori unumli texnikalardan
keng
foydalanish, shuningdek ilm-fan yutuqlari va ilg‗or
texnologiyalarni keng qo‗llash hisobiga ta‘minlanadi. Ushbu
omillar hisobiga resurs tejamkorlikka, mahsulot sifatining
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining o‗sishi kabi bir qator
ijobiy natijalarga erishiladi.
Davlat tomonidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
strategiyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimini ishlab chiqish innovatsion rivojlanishni ta‘minlashning
muhim omili sanaladi. Odatda, ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar
qo‗yilgan
maqsadga
erishishda
innovatsion
rivojlanishga
to‗sqinlik qiluvchi ―yetib olish modeli‖ strategiyasini tanlashadi.
Ularning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini rivojlangan yoki
muvaffaqiyatli
rivojlanayotgan
mamlakatlar
darajasiga
yetkazishdan iborat. Ushbu strategiya
yangi bilim va ishlab
chiqarish texnologiyalarini yaratish emas, balki ularni import
qilishga qaratilgan. Ushbu strategiyani qo‗llayotgan mamlakatlar
264
arzon ishchi kuchi va past narxli xomashyodan foydalanish
hisobiga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali, qo‗shni
davlatlar bozorlaridagi talabni qondirish hisobiga eksport hajmini
oshirishga intilmoqda.
―Innovatsion rivojlanish modeli‖ni
tatbiq etayotgan
mamlakatlar yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish, innovatsion
menejment va ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan,
jarayonlarni avtomatlashtirish asosida harajatlarni kamaytirish
hisobiga yangi bozorlarni yaratish orqali o‗z
eksport hajmini
oshirishga intiladi. Shuningdek, ayrim mamlakatlar bir vaqtning
o‗zida ikkala rivojlanish strategiyasini birlashtirgan holda, ya‘ni
―yetib olish modeli‖ va ―innovatsion rivojlanish modeli‖
strategiyalarini uyg‗unlashtirgan holda qo‗llash orqali o‗z
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelini yaratgan.
Innovatsiyalarning mohiyatini va o‗ziga xos jihatlarini
tushunib yetishda ―yangilik (novatsiya)‖ va ―innovatsiya‖
tushunchalari o‗rtasidagi farqni aniqlab olish muhim hisoblanadi.
Yangilik (novatsiya) – turli sohalarda rasmiylashtirilgan
fundamental, amaliy tadqiqot va ishlanmalar natijasi (yangi bilim,
uslub, ixtiro) bo‗lib hisoblanadi.
Yangiliklarni joriy qilish, ya‘ni
yangi bilimlarni muayyan ehtiyojlarni qondirish va bozor tan
olinishi uchun amaliy tatbiq etilishi yangiliklarni innovatsiyaga
aylantiradi
1
. Innovatsiyalarning hozirgi zamon nazariyasida
―yangilik‖ va ―innovatsiya‖ atamalari o‗rtasida farqqa unchalik
e‘tibor qaratilmaydi, ulardan amalda sinonim tushunchalar sifatida
foydalaniladi. Ta‘kidlash lozimki, innovatsiyalarning yangilik
(novatsiya)dan asosiy
farqlovchi jihati shundaki, innovatsiyalar
1
. Zamonaviy innovatsiya nazariyasida ―Innovatsiya‖ va ―yangilik‖ terminlari bir-biridan
farqlanmaydi, balki ular sinonim so‗zlar bo‗lib hisoblanadi. Mazmun jihatdan farqlar shundaki
yangilik sifatida birinchi marta joriy etilgan ma‘noni anglatadi.
265
yangiliklarni birinchilardan bo‗lib amaliyotga joriy etilishini
nazarda tutadi.
Shunday qilib, innovatsiya yangilik (novatsiya)dan shunisi
bilan farq qiladiki, yangi mahsulot dastlab bozorga kiradi, so‗ngra
bozor tomonidan qabul qilinsagina u keyinchalik tijorat qiymatiga
ega bo‗ladi. Ko‗rinib
turibdiki, innovatsiya (yangiliklarni joriy
qilish) bu yangilikni amalda qo‗llashni anglatadi. Yaratilgan yangi
mahsulot, yangi texnologiya yoki mehnatni tashkil etish va
boshqarish borasida ishlab chiqilgan yangicha yondashuvlar
amalda o‗z ifodasini topsagina, bu yangiliklar innovatsiyalarga
aylana oladi, demakki, barcha yangilik (novatsiya)lar ham
innovatsiya bo‗la olmaydi. Innovatsiyalar
qaysi sohaga yoki
qanday ko‗rinishga ega ekanligidan qat‘i nazar ularning
mohiyatini aks ettiruvchi umumiy jihatlar birlashtirib turadi.
Qarab chiqilayotgan mahsulot (xizmat, texnologiya)larning
innovatsiya sifatida qabul qilinishining asosiy sharti va ayni
paytda innovatsiyalarning umumiy qirralarini ochib beruvchi
xususiyatlarni ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: