See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Innovatsion xavfsizlikning mezonlari va ko‗rsatkichlari



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224
30 06 2022 . (1)

10.3-§. Innovatsion xavfsizlikning mezonlari va ko‗rsatkichlari 
Jahon amaliyotida turli mamlakatlarning innovatsion 
rivojlanish 
darajasini 
baholashda, 
odatda, 
yig‗ma 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Jahon banki tomonidan xuddi 
shunday bir ko‗rsatkich taklif etilgan. Iqtisodiyotning bilimlar 
indeksi o‗zida 109 ta ko‗rsatkichlarni olib miqdor va sifat 
ko‗rsatkichlarning to‗rt guruhining o‗rtacha ko‗rsatkichi sifatida 
aniqlanadi: 
1.Iqtisodiy va institutsional rejim indeksi. Iqtisodiy va 
huquqiy muhitni tavsiflaydi, jamiyat va uning institutlaridan 
samarali foydalanishni hamda yangi bilimlarni yaratishni 
rag‗batlantiradi. 


279 
2.Ta‘lim indeksi. Aholining ta‘lim darajasini va unda 
barqaror bilimlarni yaratish, tarqatish va undan foydalanish 
ko‗nikmalarining mavjudligini ifoda etadi. 
3.
Innovatsiya 
indeksi. 
Milliy 
innovatsion 
tizimni 
rivojlanish darajasini ifoda etadi. 
4. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar indeksi. 
Axborotlarni samarali tarqatish va uni qayta ishlashni qo‗llab-
quvvatlovchi 
axborot 
va 
kommunikatsion 
texnologik 
infratuzilmani rivojlanish darajasini nazorat qiladi. 
Mamlakat va hududlarining innovatsion xavfsizlik darajasini 
baholashda iqtisodiyotning bilimlar indeksidan foydalanish 
mumkin. Bu ko‗rsatkich asta-sekin bo‗lsa ham Global innovatsion 
indeksda o‗z o‗rnini mustahkamlab borayotgan O‗zbekiston 
Respublikasi innovatsion tizimining asosiy elementlarini to‗la 
qamrab olgan. Global innovatsion indeksda jahonning 128 ta 
davlatining milliy innovatsion tizimlari haqida ma‘lumot bo‗lib, 
unda O‗zbekistonning uning liderlar qatoriga chiqishiga hozircha 
ma‘lum vaqt bor. 
Innovatsions sikl fan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish 
va bozorning holatini aks ettiradi, innovatsiyaning o‗zi esa yuqori 
raqobatbardosh iqtisodiyotga erishish vositasidir. Bundan kelib 
chiqadiki, innovatsion xavfsizlik iqtisodiy xavfsizlikning muhim 
qismidir. Innovatsion xavfsizlikning muhimligini sifat jihatdan 
baholash mamlakatning mavqYIni mustahkamlashga va uning 
 
Innovatsion xavfsizlik kategoriyasi ―mamlakatning barqaror 
va dinamik ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, uning farovonligi va 
taraqqiyotini iqtisodiy hamda texnologik erkinligi va mustaqilligini, 
mudofa qobiliyatini ta‘minlay oladigan milliy innovatsion tizimning 
rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi.


280 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tahdidlarni bartaraf etishga xizmat 
qiladi. Innovatsion xavfsizlik tushunchasi o‗zaro bog‗liq ikki quyi 
tizimni o‗z ichiga olishi kerak: 
1) innovatsion xavfsizlik obyektlarining quyi tizimi: fan va 
kadrlar, texnika va texnologiya, mahsulotlar va xizmatlar, sotish 
va tijorat maqsadlarida foydalanish; 
2) quyi tizimga xizmat ko‗rsatuvchi: investitsiya, boshqarish 
(menejment), marketing. 
Innovatsiya sohasidagi mamlakatning milliy manfaatlarini 
amalga oshirish borasidagi vazifalarni va faoliyatni amalga 
oshirishni qiyinlashtiradigan, tor bo‗g‗inlar yoki bu boradagi 
imkoniyatlarni yo‗qqa chiqaruvchi shart-sharoitlar va omillar 
innovatsion xavfsizlikka tahdidlar deb ataladi. Ularni iqtisodiy 
faoliyat turlariga qarab guruhlarga ajratish mumkin: qayta 
ishlovchi ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish, elektr 
energiyasi, gaz va suvni ishlab chiqarish va taqsimlash, transport 
va aloqa kabi boshqa sohalardagi tahdidlar. Milliy ishlab 
chiqaruvchilar va korxonalar oldida turgan eng katta tahdidlardan 
biri – bu asosiy vositalarning jismoniy va ma‘naviy eskirishi 
hisoblanadi. 
O‗zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning 
uchta mumkin bo‗lgan variantlari mavjud. Inersion (importga 
yo‗naltirilgan) texnologik rivojlanishning birinchi varianti. Unda 
innovatsion 
rivojlanishga 
yo‗naltirilgan 
sa‘y-harakatlarning 
yo‗qligini, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va 
byudjetdan fan, innovatsiyalar, investitsiyalar va shuningdek, 
inson resurslari va kapitalni rivojlantirishga sarflanadigan 
xarajatlarning nisbatan past ko‗rsatkichlarini aks ettiruvchi 
siyosatni o‗zida aks ettiradi. Aksariyat hollarda institutlarni 
rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‗yicha 


281 
innovatsion siyosat umumiy choralar, shuningdek, katta 
xarajatlarni talab qilmaydigan tashkiliy choralari yordamida 
amalga oshiriladi. Yuqori darajadagi ehtimollik bilan ushbu o‗ziga 
xos variant milliy innovatsion tizimning yanada zaiflashishiga olib 
keladi va iqtisodiyotning xorijiy texnologiyalarga qaramligini 
yanada oshiradi. O‗zbekistonning innovatsion tizimi bir qator 
alohida ilmiy va texnik segmentlarga bo‗lingan bo‗lsada, unda 
asosan to‗qimachilik tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekistonda 
biznesning 
innovatsiyalarga 
bo‗lgan 
talabining pastligi va davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‗llab-
quvvatlashga yetarlicha mablag‗larning ajratilmasligi ilmiy 
tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar sohasining rivojlanishiga ko‗p 
jihatdan salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bunday 
variantni 
amalga 
oshirish natijalari mamlakat 
iqtisodiyotini uzoq muddatli 
istiqbolda 
rivojlantirish 
maqsadlariga 
mutlaqo 
mos 
kelmaydi. 
Bunday 
variant 
O‗zbekistonni G‗arbning yetakchi rivojlangan mamlakatlaridan 
uzoq muddatli texnologik orqada qolishga va istiqbolda yangi 
industrial 
davlatlarga 
mamlakatning 
raqobat 
kurashida 
yutqazishga olib keladi. Shuning uchun rivojlanishning mazkur 
varianti mamlakat uchun maqbul emas deb, hisoblanadi. 
Import 
texnologiyalari 
va 
milliy 
ishlanmalarni 
takomillashtirish orqali rivojlanishni quvib yetish siyosati 
iqtisodiyot 
tarmoq 
va 
sohalarini 
qayta 
qurollantirishga 
yo‗naltirilgan 
milliy 
ishlab 
chiqaruvchilarning 
texnologik 
raqobatbardoshligini oshirish va jadal rivojlantirish ikkinchi 
variantning mohiyatini tashkil etadi. Energetika sohasini 


282 
rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan 
uzluksiz ta‘minlash masalalari ham ikkinchi variantni amalga 
oshirishning ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Milliy xavfsizlik va mudofaa manfaatlari birgalikda milliy 
texnologiyalarga talab yaratadi. Fundamental va amaliy fan 
sohalari yo‗nalishida yaratilgan ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari 
tijorat maqsadlarida keng qo‗llaniladi. Janubiy Koreya, KXDR, 
Yaponiya, Singapur va Malayziya kabi davlatlarning quvib 
yetishga asoslangan rivojlanishi bunga yaqqol misol bo‗la oladi. 
Ushbu variantning asosida jahon bozorida mavjud bo‗lgan va chet 
el kapitali yordamida sotib olinadigan yoki jalb qilinadigan 
texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish yotadi. Odatda, 
import qilinuvchi texnologiyalar har doim ham dunyoda eng ilg‗or 
texnologiya hisoblanmaydi.
Mazkur varinat bir nechta afzalliklarga ega: 

tayyor 
va 
takomiliga 
yetkazilgan 
texnologiyalar 
qo‗llanilganligi bois, mazkur texnologiyalarni qo‗llash jarayonida 
innovatsion xatarlar past darajada bo‗ladi. Bu vaziyatda 
texnologiyalar bilan bir qatorda tegishli xizmatlarning barcha 
turlari - texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va xodimlarni o‗qitish 
kabi xizmatlarni ham olish va undan to‗liq foydalanish mumkin 
bo‗ladi; 

innovatsion loyihalarni amalga oshirish muddatlari sezilarli 
darajada qisqaradi; 

iqtisodiyotning 
asosiy 
tarmoqlarida 
texnologiyaning 
rivojlanishi yangi yuqori texnologiyali tarmoqlarning paydo 
bo‗lishiga olib kelishi mumkin; 

texnologiyani 
tanlash 
bo‗yicha 
qarorlarni 
nomarkazlashtirish xato qarorlar qabul qilish xavfini kamaytiradi. 


283 
Biroq, ushbu variantda ham O‗zbekiston sharoitida 
foydalanishda 
bir 
qator 
xavflar 
mavjud 
bo‗ladi. 
Ular 
quyidagilardan iborat: 

bir 
xil 
yoki 
birmuncha 
takomillashgan 
ilg‗or 
texnologiyalardan foydalangan holda o‗xshash mahsulotlarni 
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida kuchli raqobat kurashining 
mavjudligi, 
bunday 
holatda 
faqatgina 
ijtimoiy 
mehnat 
unumdorligini keskin oshirish evaziga raqobat kurashida yutib 
chiqish mumkin; 

ishlab chiqarishning eng samarali rivojlanishi to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonida yuz beradi, bu 
esa mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun jiddiy 
sa‘y-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Xorijiy kapitalni 
va texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi 
sezilarli darajadagi ishtiroki uning qaramligini oshiradi va tashqi 
xavflarni kuchaytiradi; 

iqtisodiyotning texnika va texnologiyalar importiga 
bog‗liqligi unda mustaqil milliy texnologik tadqiqotlarni 
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Ilmiy-texnikaviy va fundamental tadqiqotlar sohasida 
yetakchilikka erishish hamda O‗zbekiston – 2030 ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan uzoq 
muddatli maqsad va vazifalarga to‗la mos keladigan variantlarni 
amalga oshirish lozim. Ushbu variantni davlat tomonidan amalga 
oshiriluvchi quyidagi xatti-harakatlar bilan tavsiflash mumkin: 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
ilmiy-texnikaviy 
faoliyat 
sohalarini 
takomillashtirish, milliy ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va ilmiy 
ishlanmalardan 
keng 
foydalanishni 
yo‗lga 
qo‗yish 
va 
mamlakatning yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlarning 
jahon bozoridagi ulushini oshirish. 


284 
O‗zbekiston Respublikasida «Raqamli O‗zbekiston — 2030 
Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali 
quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan: 

yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot va mobil aloqa 
tarmoqlaridan sifatli, xavfsiz, arzon va oqilona foydalanish; 

aloqa 
va 
telekommunikatsiyalarning 
ochiq 
va 
raqobatbardosh bozori; 

barcha ijtimoiy obyektlarni Internet jahon axborot 
tarmog‗i bilan ta‘minlash; 

respublika bo‗ylab optik tolali aloqa tarmog‗ining 
uzunligini kengaytirish; 

aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa texnologiyalari 
(4G va b.) bilan qamrab olish darajasini oshirish; 

shaharlar va qishloqlar o‗rtasidagi raqamli tafovutni 
kamaytirish; 

elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida eng 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish; 

elektron davlat xizmatlari ulushini oshirish; 

elektron davlat xizmatlariga ishonchni mustahkamlash
aholining davlat organlari bilan xavfsiz va oson o‗zaro hamkorlik 
qilishini ta‘minlash; 

davlat, biznes va aholining ehtiyojlariga qarab, hisoblash 
quvvatini samarali taqsimlash va undan foydalanish; 

respublika 
bo‗ylab 
kommunal 
sohada 
elektron 
hisoblagichlar ulushini oshirish; 

an‘anaviy qog‗oz yoki elektron hujjatga nisbatan 
elektron yozuvning ustunligi; 

dasturiy mahsulotlarning eksport hajmini kengaytirish; 

IT-parkda rezidentlari sonini oshirish; 


285 

investitsiya muhitini yaxshilash, axborot texnologiyalari 
sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish; 

aholining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat 
vositalaridan foydalanish ko‗nikmalarini rivojlantirish; 

aholining 
barcha 
qatlamlari 
uchun 
axborot 
texnologiyalari 
sohasida 
ta‘lim 
olish 
bo‗yicha 
keng 
imkoniyatlarining mavjudligi; 

axborot texnologiyalari sohasidagi professional kadrlar 
zaxirasining, shu jumladan, boshqaruv kadrlari zaxirasining 
mavjudligi; 

IT yo‗nalishi bo‗yicha oliy ta‘lim muassasalari 
bitiruvchilari sonini oshirish; 

respublikaning 
barcha 
tumanlarida 
(shaharlarida) 
raqamli texnologiyalar o‗quv markazlarini tashkil etish. 
O‗zbekiston 
nanotexnologiyalarni, 
odamlarni 
va 
hayvonlarning hayotini ta‘minlash va himoya qilish uchun 
biotibbiyot texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‗llashda, dasturiy 
ta‘minotda, shuningdek, energetika, atrof-muhitni boshqarish va 
atrof-muhitning ayrim sohalarida va boshqa faoliyat sohalarida 
jahonda yetakchi o‗rinni egallashi mumkin.
Yangi ilmiy va muhandis kadrlarga bo‗lgan talabning 
nisbatan keskin o‗sishi ushbu variant bilan tavsiflanadi. Uning 
asosiy xususiyati – yanada ilg‗or milliy innovatsion tizimni 
shakllantirish va ma‘lum darajada mamlakat fundamental fanining 
asosiy va hatto yetakchi mavqYIni tiklashdan iboratdir. 
Yuqorida tilga olib o‗tilgan variant biroz qimmatga tushishini 
ta‘kidlash lozim, chunki u ilmiy tadqiqot faoliyati va fundamental 
tavsifga ega bo‗lgan ishlanmalarni rivojlantirishga davlat 
tomonidan keng miqyosda mablag‗lar ajratilishini ko‗zda tutadi. 
Tadqiqot va ishlab chiqish natijalarini tezkor ravishda 


286 
tijoratlashtirishga ko‗maklashish, shuningdek, mavjud bozorlar 
doirasida yangi bozorlar, bo‗sh joylar va segmentlarni faol izlash 
va yaratish, bularning barchasi yuqoridagi variantni amalga 
oshirishning yuqori xarajatli ekanligidan dalolat beradi. Turlicha 
tarmoq tuzilmasiga ega bo‗lgan mamlakat uchun texnologik 
modernizatsiyalash siyosati variantini tanlash iqtisodiyotning 
barcha tarmoq va sohalari uchun birdek mos kelavermaydi. 
Bugungi kunda mamlakat uchun raqobat afzalliklari borasida 
ma‘lum bir ustuvorliklarga ega bo‗lgan iqtisodiyot tarmoq va 
sohalarini jadal rivojlantirishga urg‗u berish eng maqbul variant 
hisoblanadi.
Mahalliy ishlab chiqarishlar va hududlarni dunyo miqyosida 
raqobatlasha oladigan darajada majmuali rivojlantirish yaqin 
kelajakda mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va 
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning strategik maqsadini 
tashkil etadi. Bu mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy modernizatsiya 
qilishni, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta 
qurollantirishni, 
yashirin 
iqtisodiyotga, 
jinoyatchilik 
va 
korrupsiyaga qarshi kurashishni, iqtisodiy va innovatsion faoliyat 
sohasida yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqishni talab qiladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin