CyrToLat&LatToCyr 2002



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

Monitorlar.
Kompyuter monitori ekranga matnli va grafik 
axborotni chiqarish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, bu tasvirlarni 
kompyuterning videokontrolleri shakllantirib beradi. Foydala-
nuvchi kompyuterdan ma‘lumotni aksariyat hollarda monitordan 
oladi. Monitorlar tasvirlarni asosan elektron-nurli trubkali kines-
kop yordamida shakllantiradi. Hozirgi vaqtda suyuq kristalli 
yupqa (
LCD
) monitorlardan ham foydalanilmoqda. Bunday 
monitorlar avvallari faqat ixcham ko‗chma (Noutbuk) 
kompyuterlarda qo‗llanilgan bo‗lsa, hozirga kelib ularni 
kompyuterlarning istalgan turiga qo‗yish mumkin bo‗lib qoldi. 


19 
Hozirgi vaqtda asosan rangli monitorlardan foydalaniladi. 
Monoxrom (ikki rangli) monitorlardan maxsus elektron 
qurilmalarda va zarur holatlardagina foydalaniladi.
Monitorlarning 
asosiy 
parametrlaridan 
biri 
diagonal 
o‗lchami bo‗lib, uni dyuymlarda keltiriladi. Hozirgi vaqtda 15 
dyuym (15‘‘) dan 21 dyuymgacha o‗lchamdagi monitorlar 
mavjud. Oddiy foydalanuvchilar uchun 17 dyuymli monitorlarda 
ishlash yetarli bo‗lsa, nashriyot va konstruktorlik ishlarini 
bajarishda qimmat bo‗lishiga qaramasdan 21 dyuymli monitor-
lardan foydalanish zaruriyati mavjud.
Monitorning ikkinchi parametri bir xil rang lyuminafor 
(rang beruvchi) nuqtalari markazi orasidagi masofa bo‗lib, bu 
masofa qanchalik kichkina bo‗lsa, tasvir shunchalik ravshan 
bo‗ladi. Sifatli monitorlarda bu masofa 0,21–0,26 mm, o‗rta 
klassdagi monitorlarda 0,28 mm va past sifatli monitorlarda 
0,31–0,39 mm oralig‗ida bo‗ladi. 
Monitorlarning sifatini belgilovchi parametrlardan yana biri 
uning 
imkoniyat darajasi
bo‗lib, u ekrandagi tasvirni shakllan-
tiruvchi gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan aniqlanadi.
Masalan, oddiy 15 dyuymli monitorlarda imkoniyat darajasi 
1024x768, ya‘ni gorizontali bo‗yicha 1024 ta va vertikali 
bo‗yicha 768 ta nuqta bo‗lishi, 17 dyuymli monitorlarning 
imkoniyat darajasi 1280x1024 bo‗lishi, 21 dyuymli monitorlarda 
1600x1200 bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. Aksariyat grafik 
axborotlar bilan ishlovchilarga imkoniyat darajasi yuqori 
monitorlardan va videokontrolleri kuchli bo‗lgan kompyuter-
lardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Yuqorida aytilgandek, monitor ekraniga tasvir 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin