Seans sathi shlyuzi
(ekranlovchi transport
deb ham yuritiladi)
virtual ulanishlami nazoratlashga va tashqi tarmoq bilan o‘zaro alo-
qa qilishda IP-adreslami translyatsiyalashga atalgan. U OSI modeli
ning seans sathida ishlaydi va ishlashi jarayonida etalon modelning
transport va tarmoq sathlarini ham qamrab oladi. Seans sathi shlyu-
zining himoyalash funksiyalari vositachilik fimksiyalariga taalluqli.
205
Virtual ulanishlarning nazorati aloqani kvitirlashni kuzatishdan
hamda o‘matilgan virtual kanallar bo‘yicha axborot uzatilishini na-
zoratlashdan iborat. Aloqani kvitirlashning nazoratida seans sathida
shlyuz ichki tarmoq ishchi stansiyasi va tashqi tarmoq kompyuteri
orasida virtual ulanishni kuzatib, so‘ralayotgan aloqa seansining
joizligini aniqlaydi.
Bunday nazorat TCP protokolining seans sathi paketlarining
sarlavhasidagi axborotga asoslanadi. Ammo TCP-sarlavhalami tah-
lillashda paketli filtr faqat manba va qabul qiluvchi portlarining no-
merini tekshirsa, ekranlovchi transport aloqani kvirtirlash jarayoniga
taalluqli boshqa hoshiyalami tahlillaydi.
Aloqa seansiga so‘rovning joizligini aniqlash uchun seans sathi
shlyuzi quyidagi harakatlami bajaradi. Ishchi stansiya (mijoz) tashqi
tarmoq bilan bog‘lanishni so‘raganida, shlyuz bu so‘rovni qabul qi-
lib, uning filtrlashning bazaviy mezonlarini qanoatlantirishini, masa
lan, server mijoz va u bilan assotsiatsiyalangan ismning IP-adresini
aniqlay olishini tekshiradi. So‘ngra shlyuz mijoz ismidan harakat qi-
lib, tashqi tarmoq kompyuteri bilan ulanishni o‘matadi va TCP pro-
tokoli bo‘yicha kvitirlash jarayonining bajarilishini kuzatadi.
Bu muolaja SYN (Sinxronlash) va ACK (Tasdiqlash) bay-
roqlari orqali belgilanuvchi TCP-paketlami almashishdan iborat
(8.7-rasm).
SYN bayroq bilan belgilangan va tarkibida ixtiyoriy son, ma
salan, 1000 bo‘lgan TCP seansining birinchi paketi mijozning seans
ochishga so‘rovi hisoblanadi. Bu paketni olgan tashqi tarmoq kom
pyuteri javob tariqasida ACK bayroq bilan belgilangan va tarkibida
olingan paketdagidan bittaga katta (bizning holda 1001) son bo‘lgan
paketni jo ‘natadi. Shu tariqa, mijozdan SYN paketi olinganligi tas-
diqlanadi. So‘ngra teskari muolaja amalga oshiriladi: tashqi tarmoq
kompyuteri ham mijozga uzatiluvchi ma’lumotlar birinchi baytining
tartib raqami bilan (masalan, 2000) SYN paketini jo ‘natadi, mijoz
esa uni olganligini, tarkibida 2001 soni bo‘lgan paketni uzatish
orqali tasdiqlaydi. Shu bilan aloqani kvirtirlash jarayoni tugallanadi.
206
Tashqi tarmoq
xosti
Passiv taraf
Ulanish
o'matilgan
Dostları ilə paylaş: |