S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


initsializatsiyalash vektori



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

initsializatsiyalash vektori:
Kriptografik algoritm doirasida 
kriptografik jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun ishla- 
tiladigan vektor;

seans kaliti:
Shifrlash kaliti va funksional kalit asosida shakl- 
lanadigan maxfiy kalitlarning ikki o‘lchamli massivi;

shifrlash vositalari:
Axborot almashtirishning kriptografik al- 
goritmlarini amalga oshiruvchi va ularni qayta ishlashda, saqlashda 
va telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab uzatishda axborotni ruxsat 
etilmagan foydalana olishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan 
apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;

shifrmatn bloklarini ilaktirish rejimi:
Har bir shifrlangan 
(dastlabki matnga o‘girilgan) kriptografik blok oldingi shifrlangan 
(dastlabki matnga o‘girilgan) blokka bog‘liq bo‘lgan shifrlash 
rejimi. Birinchi blok uchun shifrmatnning oldingi bloki sifatida 
initsializatsiyalash vektoridan foydalaniladi. Ochiq matnning oxirgi 
bloki to‘liq bo‘lmagan holatda, u zarur uzunlikkacha to‘ldiriladi;
94



elektron kod kitobi rejimi:
Ochiq matnning barcha bloklari 
ma’lumotlarini shifrlash algoritmlariga muvofiq bir-biridan musta- 
qil, bitta kalit bilan shifrlanadigan shifrlash rejimi.
Ma’lumotlami shifrlash algoritmi quyidagi funksiyalardan foy- 
dalanadi [9]:
■ 
Aralash()
- oddiy shifr almashtirish bo‘lib, dastlabki matnni 
shifrmatnga va teskari yo‘nalishda almashtirish uchun diamatrit- 
saviy qismlar ustida amalga oshiriladi; mazkur shifralmashtirish ki- 
rishi Holat massivining diamatritsaviy qismlari hamda K1 va K2 
massivlari bo‘lib, chiqishi Holat massividir;
■ 
BaytAlmash()
- oddiy shifralmashtirish bo‘lib, dastlabki 
matnni shifrmatnga va teskari yo‘nalishda Holat massivi ele- 
mentlarini almashtirish massivi elementlari bilan bayt sathida al­
mashtirish uchun foydalaniladi; mazkur shifralmashtirish kirishi 
bayt sathida Holat massivi, almashtirish massivi chiziqli massiv 
BsA [256] yoki BsAD [256] bo‘lib, chiqishi bayt sathida Holat 
massividir;
■ 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin