Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va
xesh-funksiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo‘llanishida bir-biriga imzo
chekilgan elektron hujjatlami jo ‘natuvchi abonent tarmog‘ining
mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent uchun juft - maxfiy va
ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi
va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda
foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib,
undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron
raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga
oshiradi:
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo ‘natuvchisining
maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo ‘natuv-
chining ochiq kalitidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: