15
MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy ism va
xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel atamasida bunday fayl «Ish kitobi»
(Workbook) deb yuritiladi. Har bir xls faylida 1 tadan 255 tagacha elektron
joylashishi mumkin, ularning har biri Excelning ish varag`i deb yuritiladi.
Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo`lib,
u bir yoki
bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (xisobchi) kitobi kabi,
sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, xisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi.
Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha xisob ishlarini uning o`zi
bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Har bir Excel hujjatida bir nechta varaqlar bo‘lishi mumkin. Quyidagi rasmdagi
Excel hujjatida uchta «List1», «List2» va «List3» lar bor.
1.2.1-rasm Excel dasturida varoqlar bo`limi.
Bu rasmdagi hujjatda joriy varaq «List1» xisoblanadi. List2 ham birinchisiga
o‘xshash bo‘sh varaqdir, unda ham birinchi varaqqa o‘xshab
kerakli jadvallarni
hosil qilishimiz mumkin. Ikkinchi varaqqa o‘tish uchun sichqoncha bilan
ko‘rsatilgan joyga keltirib uning chap tugmasini bosish etarli.
Varaqning nomini o‘zgartirish uchun sichqonchani «strelka» bilan
ko‘rsatilgan joyga keltirib o‘ng tugmachasi bosiladi
va quyidagi menyu hosil
bo‘ladi:
Menyu bandlarining vazifalari:
16
«Добавыть…» - hujjatga yangi varaq qo‘shadi.
«Удалить» – joriy varaqni o‘chiradi.
«Переименовать» – varaq nomini o‘zgartiradi.
«Переместить / скопировать» – joriy varaq nusxasini hosil qiladi.
«Выделить все листы» – hujjatdagi xamma varaqlarni belgilaydi.
Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat.
Qatorlar 1dan 16384gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa
lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan.
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning
asosiy tarkibiy elementi -
yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi
ma‘lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham
mumkin. Yacheyka- bu ishchi jadvaldagi adresli element bo`lib unda sonli qiymat,
matn va formula turishi mumkin. Yacheyka o`z adresi bilan aniqlangan bo`lib, u
adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo`ladi.
Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi.
Maydonning
adresini ko`rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o`ng kataklarining adresini
ikki nuqta bilan ajratib ko`rsatish kerak. Bundan tashqari,
Excel dasturi
ma`lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash
tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki,
bu foydalanuvchiga har
tomonlama mukammal bo`lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: