17
Ma‘lumotlarni kiritish. Odatda ikkinchi qadam bo‘lib,
kataklarga turli
ma‘lumotlarni kiritish tushuniladi.
Ma‘lumotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish. Matn va sonlarga o‘ziga xos
ko‘rinish berishni anglatadi.
Formulalardan foydalanish. Sonlar bilan ishlashda albatta ma‘lum xisoblarni
bajarishga to‘g‘ri keladi. Excelda murakkab formulalarni yozish yoki tayyor
standart funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Grafik
va diagrammalarni hosil qilish.
Jadvalga kiritilgan sonli
ma‘lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi.
Rasmlarni qo‘shish. Jadvallarni tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlash
uchun diagrammalar va rasmlar kiritiladi. Shuningdek,
berilganlarni tasvirlash
uchun kartalardan ham foydalanish mumkin.
Web-sahifalardan foydalanish. Web-sahifalardagi berilganlarni olib ulardan
foydalanish va ularga qayta ishlangan ma‘lumotlarni jo‘natish.
Import qilish. Boshqa elektron jadvallarda tayyorlangan ma‘lumotlarni
qabul
qilish va turli formatlarda yozish.
Berilganlarni tahlil qilish. Berilganlarni tekshirish,
ulardan umumlashgan
jadvallar tayyorlash.
Bundan tashqari, Excelda ishlash jarayonining o‘zini qulaylashtirish uchun qator
imkoniyatlar yaratilgan.
Ro‘yxatni avtomatik ravishda to‘ldirish;
Diagrammalarni qurishda ko‘p qadamli tanlovdan foydalanish;
Matnning rangi va o‘lchamlarini oldindan ko‘rish;
Umumlashgan jadvallarni dinamik tasvirlash;
Tayyor jadvalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Web-sahifaga kiritish,
Web-sahifadan
olish va xokazo.
Umuman elektron jadvallarning imkoniyatlarini ularda amaliy ishlash davomida
kengroq o‘rganish mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: