5. Rekrutmentning vazifalari nimalardan iborat? a) Korxona/tashkilotga kerakli ishlarni bajarishga qodir motivatsiyalangan
mutaxassislarni jalb qilish va ichki va tashqi kadrlar zahirasini ta'minlash;
241
b) Korxona buyurtmasi asosida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha e’lonlar
berish;
c) Buyurtmachi korxonaga ishchi yollashda maslahatlar berish;
d) Bosh ish o‘rniga nomzodlarni tez va samarali tanlash imkoniyatini
ta'minlash.
6. Tashqi rekrutment – a) bu kompaniyaning tegishli mutaxassisi yoki kadrlar xizmati
bo‘limining bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirish va tanlash va ularni
keyinchalik moslashtirish bo‘yicha faoliyati;
b) bu rekruting kompaniyalarning mamlakatdan tashqarida rekruting
faoliyatini olib borishidir;
c) bu kompaniyaning o‘z kadrlar zahirasidan tanlov amalga
oshirmasdan, bevosita mehnat bozorida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishi jarayonidir;
d) bu provayder-agentliklarining buyurtmachi kompaniyalarning
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyati.
7. Ichki rekrutment – a) bu kompaniyaning tegishli mutaxassisi yoki kadrlar xizmati
bo‘limining bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirish va tanlash va ularni
keyinchalik moslashtirish bo‘yicha faoliyati;
b) bu rekruting kompaniyalarning mamlakatdan tashqarida rekruting
faoliyatini olib borishidir;
c) bu kompaniyaning o‘z kadrlar zahirasidan tanlov amalga
oshirmasdan, bevosita mehnat bozorida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishi jarayonidir;
d) bu provayder-agentliklarining buyurtmachi kompaniyalarning
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyati.
8. Rekrutment yo‘nalishlari to‘g’ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. a) Klassik rekrutment, xedxanting, hududlararo qidiruv, ommaviy
rekrutment, autsorsing, talabalar rekrutmenti;
b) Klassik rekrutment, to‘g’ridan-to‘gri qidiruv, autsorsing,
autstaffing, ommaviy qidiruv, personal autpleysmenti;
c) Klassik rekrutment, to‘g'ridan-to‘g'ri qidirish va xedxanting,
hududlararo qidiruv, ommaviy rekrutment, personal lizingi, personal
autpleysmenti, talabalar va bitiruvchilar rekrutmenti;
242
d) Klassik rekrutment, to‘g'ridan-to‘g'ri qidirish va xedxanting,
hududlararo qidiruv, ommaviy rekrutment, personal autsorsingi, personal
autpleysmenti, talabalar va bitiruvchilar rekrutmenti.