32
energiya sarfi – mexanizmlarning ishga layoqati to‗liq
energiya manbaiga
bog‗liq va energiya iste‘mol sarfi juda yuqori hisoblanadi;
ishsizlikning ortishi – kadrlarni robotlar bilan
almashtirish ish joylarini
qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bu o‗z navbatida ishsizlikning ortshiga olib
keladi;
inqiroz – zamonaviy robotlar va ularning qo‗llanilishi
insoniyat kelajagiga
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Agar barcha og‗ir ishlarni (keyinchalik – tafakkur
yuritish ham) sun‘iy intellekt bajaradigan bo‗lsa, insoniyat rivojlanishdan to‗xtashi
mumkin.
Robotning odamlardan asosiy farqi
Yaqin kunlargacha ijodkorlik imkoniyati noyob jihat hisoblanib
–
bu insonni
sun‘iy
intellektdan ajratib turar edi, biroq neyrotarmoqlar paydo bo‗lishi bilan
zamonaviy dunyoda robotlar ijod qilishni ―o‗rganib olishdi‖.
Kristofer Gesse tomonidan Edges2cats
loyihasi taqdim qilinib, u uylar,
mushuklar, kiyimlar va sumkalarni rasmlarini fotografik tasvirga aylantirib berar
edi.