5
MUNDARIJA
Robototexnika va uning zamonaviy dunyodagi o‗rni, robototexnikada
qo‗llaniladigan jihozlar, robototexnika asoslarini zamonaviy maktablarga
joriy qilish
7
Mikrorobotlar va ularning xususiyatlariga doir tasavvurga ega boʻlishi,
mikrorobotlarning tuzilishini o‗rganish.
22
Robotlarning dasturiy ta‘minoti va tuzilishini o‗rganish va ularni yaratish
34
Scratch dasturi oynasi va imkoniyatlari bilan tanishish.
Scratch bilan oddiy ikki o'yinchili futbol o'yinini yaratish.
41
Scratch dasturida yulduzlar jangi o'yinini yaratish
56
Lego Digital Desiner(LDD) robosimulatsiya dasturining interfeysi. Dastur
oynasi, buyruqlar palitrasi, boshqaruv paneli. LDDda
tassavurdagi robot
loyihasini tayyorlash
87
Lego Digital Designer virtual dasturida Timsoh loyihasini yaratish.
Chuvalchangli uzatma va harakat mexanizmini loyihalash.
95
Arduino platasi va uning qurilmalari tavsifi. Virtual Arduino
platformasidan foydalanish imkoniyatlari.
98
TincerCAD platformasi va uning qurilmalari tavsifi.
Svetafor robotni yigʻish. Svetodiodlar va Arduino platformasidan
foydalanish imkoniyatlari.
104
TinkerCAD platformasida Arduino platasi orqali Scratchdan foydalanib
ovoz orqali boshqariladigan qurilmani loyihalash
114
3D Tinkercad platfomasi yordamida 2D va 3D obyektlar haqida
tushuncha. 3D Tinkercad platfomasi oynasi va asboblar paneli bilan
tanishish. Sevimli multfilm qahramonim loyihasi bo`yicha
obyektlar
yaratish
129
6
So`z boshi
Sizning qo'lingizdagi ushbu robototexnika bo'yicha qiziqarli kitob virtual
robototexnikaga bag`ishlanadi. Bu yosh o`quvchilar bilan birga robototexnikaga
qiziqadigan barcha bolalar uchun ham birdek qiziqarli loyihalarni yaratish uchun
kerakli to'plamdir. XXI-asrga kelib o`sib kelayotgan yosh avlodga robotlar nima
ekanligini va ularni kundalik hayotda qayerdan topish
mumkinligi haqida gapirib
berish shart emas.Chunki robotlar kundalik turmushdagi zarur anjomlar ro`yxatini
olgan. Robot changyutgichlar ko'plab xonadonlarda ishlaydi, robotlashtirilgan kir
yuvish mashinalari qo'llaniladi, dronlar havoda tez-tez ko'rinadi, yangiliklar
robototexnika yutuqlari haqida hikoyalarga to'laligi bilan barchaga birdek qiziqarli
soha hisoblanadi. Bugungi kunda robototexnika bo`yicha ko`plab
xalqaro
musobaqalar o'tkazib kelinmoqdaki, ularda farzandlarimiz muvafaqqiyatli ishtirok
etib, yuqori o`rinlarni egallay olishi uchun robototexnikani kichik maktab yoshidan
boshlab o`rgatish juda muhim. Hozirgi vaqtda siz sotuvda robotlarni qurish uchun
ko'plab tayyor to'plamlarni topishingiz mumkin yoki kerakli komponentlarni
alohida sotib olishingiz va o'zingizning dizayningizni yig'ishingiz mumkin. Odatda
bunday to`plamlarni narxi qimmat bo`lib chekka hududdagi o`quvchilarda bunday
to`plamlarni sotib olish mushkul vazifa. Bu borada onlayn so`rovnoma
o`tkazganimizda, aksariyat yoshlar robototexnikaga qiziqishini bildirgan va afsuski
bunda ko`pchilik bu sohani o`rgana olmayotganligiga sabab sifatida jihozlar
yetishmasligini ko`rsatgan. Endi qo`lingizdagi ushbu kitob bu muammoni hal
etishda sizga yordam beradi.
Mazkur
kitobda
bugungi kundagi zamonaviy ta`lim
yo`nalishi ―Robototexnika‖ni Lego Digital Designer, TinkerCAD, Scratch,
Arduino, 3D TinkerCAD kabi virtual simulatsiya dasturlari orqali o`rgatish
masalalari bayon etilgan. Bu kitob orqali o`quvchilar haqiqatan ham tassavuridagi
loyihalarni virtual dasturiy vositalar yordamida yaratishi va o'z
imkoniyatlarini
namoyish etishlari mumkin. Natijada bola maishiy texnika jihozlarini ishlash
prinsiplarini tahlil eta oladi hamda robototexnika va unga tegishli fanlarni
yaxshiroq tushuna boshlaydi. Bunda dasturda loyihalarni amalga oshirish
7
qadamba-qadam sodda tilda bayon etilgan.
Dasturlar shunday tanlanganki,
murakkablik asta-sekin o'sib boradi, va biz boshlang'ich yosh tadqiqotchi bajara
oladigan oddiy vazifalardan tortib, hatto tajribali robotistlarni ham qiziqtiradigan
juda hayratlanarli vazifalargacha bo'lgan jarayonlarni
kitobda muxtasar bayon
etganmiz. Bola virtual ilovalar yordamida o`zining mustaqil ravishda robotini
yaratadi. Va biz bu jarayonni tushunarli va qiziqarli qilishga harakat qilamiz.
O`quv uslubiy qo`llanma barcha umumta`lim maktabi o`quvchilari va
―Robototexnika‖ga qiziquvchi o`quvchilar va ularning ota-onalari uchun
mo`ljallangan bo`lib, shuningdek ushbu o`quv uslubiy qo`llanmadan informatika
hamda texnologiya fani o`qituvchilari, ―Barkamol avlod‖
markazlarining
―Robototexnika‖ to`garagi rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: