8
1-mavzu:Kirish."Robotexnika" nima? Robototexnikani o`rganishni
maqsad va vazifalari
Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan
talaygina yangilanishlar kundan-kun hayotimizga tadbiq etilmoqda. Barcha
sohalarga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Xususan ishlab chiqarish
korxonalarida kompyuter dasturlari bilan boshqariladigan dastgohlar keng
miqyosda foydalanilmoqda. Inson hayoti uchun havfli yoki og‗ir bo‗lgan sohalarda
ham kompyuterga asoslangan robotlardan foydalanilmoqdi. Xorijiy davlatlarda
atom elektrostansiyalari yoki kimyoviy korxonalarda ham ularni uchratish
mumkin. O‗sib kelayotgan avlodni o‗qitish va tarbiyalash muammolarini hal
qilishda ta‘lim robototexnikasidan foydalanish zamonaviy ta‘lim nazariyasi va
amaliyotida yangi yo‗nalish hisoblanadi. Psixolog va uslubshunoslarning fikriga
ko‗ra sinfdan tashqari mashg‗ulotlarda o‗quvchilarga robototexnikani o‗rgatish
samaraliroqdir, chunki bu sharoitda o‗quvchini baho olishdagi qo‗rquv bo‗lmaydi,
u sinfda qulay va bosimsiz muhitda, robototexnika asoslarini o‗zlashtirish
jarayonida yangi texnik bilimlarni o‗zlashtirishga undaydigan texnik jihatdan
jihozlangan ta‘lim muhitida bo‗ladi.
O‗quvchilarga maxsus o‗quv kontentlari yordamida eng oddiy robotlarni
modellashtirish va yig‗ishni o‗rgatish pedagogik tadqiqotlarda fanlararo yo‗nalish
sifatida ―o‗quv robototexnika‖ tushunchasi bilan bog‗liq. Bilimlarning umumiy
tizimida zamonaviy robototexnika kibernetika, texnologiya, informatika va
elektronika kabi ilmiy sohalarning ijodiy o‗zaro ta‘siri va uzviy bog‗lanishi
natijasida kelib chiqadi. Respublikamizda o‗quvchilarning zamonaviy axborot
kommunikatsiya
texnologiyalardan
unumli
foydalanishi
va
dasturlash,
robototexnika elementlarini o‗rganishi uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda,
har bir tuman markazida IT-markazlari faoliyati yo‗lga qo‗yilib, ta‘lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, didaktik-metodik
ta‘minotni ta‘minlash, me‘yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishga doir qator
vazifalar amalga oshirildi. Ta‘lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri «2030
9
yilgacha qo‗shimcha ta‘lim muassasalarida robototexnika, axborot texnologiyalari
va dasturlash kabi zamonaviy to‗garaklar ulushini 20 foizga oshirish»1dan iborat
bo‗lib [1] , bu borada o‗rta ta‘lim maktablarida robototexnikani o‗qitishda didaktik
va metodik imkoniyatlarni oshirish, dars va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda
uslubiy ta‘minotni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Robototexnika - avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni ishlab chiquvchi
amaliy fan bo'lib, ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim texnik asosi
hisoblanadi.
Robototexnika
elektronika,
mexanika,
informatika,
fizika,
matematika, shuningdek, radio va elektrotexnika kabi fanlar bilan chambarchas
bog'liq. Qurilish, sanoat, maishiy, aviatsiya va ekstremal (harbiy, kosmik, suv osti)
robototexnikalari mavjud.
Yuqori texnologiyali va robotli qurilmalarni loyihalash, yaratish, boshqarish
va modernizatsiya qilishga qodir muhandis xodimlarga talab har qachongidan ham
oshdi. Shunga ko'ra, muhandislik-texnik yo'nalishda shaxsni rivojlantirish bo'yicha
ta'lim sxemasi ishlab chiqilgan. Rivojlanish sohasi maktabgacha yoshdan boshlab,
oliy o'quv yurtini tugatgunga qadar davom etadi. Ushbu tarmoq ikkita yo'nalishga
asoslanadi: integratsiyalashgan zamonaviy ta'lim muhiti bo'lgan predmetga
asoslangan robototexnika va ta'lim robototexnikasi.
Integratsiyalashgan zamonaviy ta'lim muhiti bo'lgan predmetga asoslangan
robototexnika- bu:
• interaktiv uskunalar;
• apparat va dasturiy majmualar;
• raqamli laboratoriyalar;
• raqamli interaktiv ta'lim dasturlari;
• predmet klasterlarining zamonaviy moddiy-texnik bazasi.
Bular axborot-kommunikatsiya, tabiatshunoslik, texnik kompetentsiyani
shakllantirishga yo'naltirilgan.
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi PF-5712-sonli Farmoni// O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami
10
Ta'lim robototexnikasi - bu bir kursda dizayn va dasturlashni
uyg'unlashtirish orqali texnik ijodkorlik va o'quv jarayoni elementlarini joriy
etishga zamonaviy yondashuv amalga oshiriladigan yo'nalish. Muhandislik
tafakkurining rivojlanishi bilan informatika, matematika, fizika, chizmachilik,
tabiiy fanlarni talqin qilish bilimlarni sintez qilishning kuchli quroli, tizimli
tafakkur uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Bu ikki yo'nalish shaxs rivojlanishida parallel yoki uning turli bosqichlarida
kesishishi mumkin. Inson butun umri davomida rivojlanadi, lekin muayyan
kompetensiyalarni rivojlantirishda "poydevor" bo'ladigan asosiy ko'nikmalar
kichikroq yoshda shakllanadi. Axborotni "qabul qila olish" tezligi yoshga qarab
kamayadi. Yosh psixologiyasi va pedagogikasi nuqtai nazaridan, uch yoshdan olti
yoshgacha bo'lgan davr bolaning asosiy bilimlari, qobiliyatlari, ko'nikmalari
(malakalari) shakllanishi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qulay
hisoblanadi. Bu davrda tabiiy-ilmiy va muhandislik-texnik tafakkur asoslari
yaratilib, tabiiy-ilmiy dunyoqarashga, rivojlangan fazoviy tafakkurga, analitik
fikrlashga, axborot va muhandislik kompetensiyasiga ega shaxsni shakllantirishga
yo'l ochish mumkin.
Yoshlikda "asosiy kompetensiyalarni (bilim, ko'nikma) shakllantirish" nima?
Bu esa o'z-o'zini rivojlantirishga bo'lgan muhabbatni uyg'otish (kitob o'qishga
bo'lgan muhabbat, o'yinlarga bo'lgan muhabbat, muloqot va hayotning u yoki bu
xulq-atvor shakllariga muhabbat va boshqalar). O'yin ta'limning eng ajoyib
vositalaridan biri, dunyoni bilish va jamoani shakllantirish, o'z-o'zini bilish, ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirish va maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hayotini
tashkil etish shaklidir. Birinchi odamlarning paydo bo'lishi bilan o'yin ham paydo
bo'lgan. O'yin orqali kichik yoshdagi bola (6 yoshgacha) asosiy kompetensiyalarni
shakllantiradi va katta yoshda ularni zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda
rivojlantiradi.
11
Necha yillik ilmiy tadqiqot natijalariga ko`ra yuqorida o‗zlashtirilgan va
shakllangan kompetensiyalarga ega bo‗lgan ko‗p bosqichli shaxsni shakllantirib
rivojlanishi uchun ta`lim robototexnikasi bo`yicha dastur ishlab chiqildi.
Ilmiy-tadqiqot rabototexnikasi
Robototexnika: kosmik, muhandislik va ekologik loyihalar;
Qurish va yasash
orqali rivojlanish
guruhi.
Dasturlashni
o`rgatish orqali
mantiqiy
fikrlashni
rivojlantirish.
Robototexnikaga
kirish
Robototexnika
asoslari
Robototexnika:
kosmik,
muhandislik va
ekologik loyihalar;
12
Sport robototexnikasi;
Robototexnika asoslari;
Robototexnikaga kirish;
Dasturlash orqali mantiqiy fikrlash;
Qurish va yasash orqali rivojlanish .
Rivojlanish guruhi 5 yoshdan 7 yoshgacha
• kognitiv fikrlashni rivojlantirish;
• kichik motorikani rivojlantirish;
• nutqni rivojlantirish;
• rangni to'g'ri idrok etishni rivojlantirish;
• matonat, sabr-toqatni rivojlantirish.
Dasturlash orqali mantiqiy fikrlash (SCRATCH interaktiv muhiti) 7
yoshdan 10 yoshgacha;
• fazoviy tasavvurni rivojlantirish;
• IT ko'nikmalarini rivojlantirish;
• fikrlash mantig'ini rivojlantirish;
• konstruktorlik ko'nikmalarini rivojlantirish;
• muhandislik ko'nikmalarini rivojlantirish;
• kichik motorikani rivojlantirish:
• nutqni rivojlantirish;
• tabiiy va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Robototexnikaga kirish (Lego Mindstroms to'plamlari asosida) 10 yoshdan
12 yoshgacha:
• robot qurilmalar uchun dasturlash ko'nikmalarini rivojlantirish;
• IT-kompetensiyasini rivojlantirish;
• fikrlash mantig'ini rivojlantirish;
• analitik fikrlashni shakllantirish;
• muhandislik va konstruktorlik ko'nikmalarini rivojlantirish;
13
• fazoviy tasavvurni rivojlantirish;
• tabiiy va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
• predmet muhitining bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirish;
• kichik motorikani rivojlantirish;
• nutqni rivojlantirish.
Robototexnika asoslari (Lego MINDSTORMS Education EV3 to'plamlari va
Arduino to'plamlari) 12 yoshdan 15 yoshgacha:
• IT kompetensiyasini rivojlantirish;
• robototexnik qurilmalarni dasturlash ko‗nikmalarini rivojlantirish (vizual,
obyektga yo‗naltirilgan dasturlash);
• muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish;
• fazoviy tasavvurni rivojlantirish;
• tabiiy va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish;
• predmet muhitining bilim, ko‗nikma va malakalarini kengaytirish;
• analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish:
• kichik motorikani rivojlantirish;
• nutqni rivojlantirish.
Sport robototexnikasi (Lego MINDSTORMS Education EV3 to'plamlari va
Arduino to'plamlari) 12 yoshdan 15 yoshgacha:
• shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish (o'zini o'zi boshqarish, stressga
chidamlilik, liderlik fazilatlarining namoyon bo'lishi va rivojlanishi va boshqalar);
• o'z-o'zini rivojlantirish;
• muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish;
• IT kompetensiyasini rivojlantirish;
• robototexnik qurilmalarni dasturlash ko‗nikmalarini rivojlantirish (vizual,
obyektga yo‗naltirilgan dasturlash);
• predmet muhitining bilim, ko‗nikma va malakalarini kengaytirish;
• analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish:
• kichik motorikani rivojlantirish;
14
• nutqni rivojlantirish.
Robototexnika: kosmik, muhandislik va ekologik loyihalari (TinkerCAD va
Arduino to'plamlari, radio detallar) 12 yoshdan 17 yoshgacha:
• predmet muhitining bilim, ko‗nikma va malakalarini kengaytirish;
• analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
• tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirish;
• o'z-o'zini rivojlantirish;
• muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish:
• IT kompetentsiyasini rivojlantirish;
• robototexnik qurilmalar uchun dasturlash ko‗nikmalarini rivojlantirish
(vizual, obyektga yo‗naltirilgan dasturlash va yuqori darajadagi tillar);
• ongni kengaytirish, o'zini jamiyat hayotida va mamlakat taraqqiyotida
muhim shaxs sifatida idrok etish (o'z taqdirini o'zi belgilash).
Ilmiy-tadqiqot robototexnika (Lego MINDSTORMS Education EV3
to'plamlari va Arduino to'plamlari, radio komponentlar, dasturiy va apparat
majmualari, raqamli laboratoriyalar) 15 yoshdan boshlab:
• predmet muhitining bilim, ko‗nikma va malakalarini kengaytirish;
• analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
• tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirish;
• o'z-o'zini rivojlantirish;
• muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish;
• IT kompetensiyasini rivojlantirish;
• robot qurilmalar uchun dasturlash ko'nikmalarini rivojlantirish (yuqori
darajadagi tillar).
Ushbu bosqichma-bosqich metodikasi kompetensiya darajasining o'sishini
kuzatish imkonini beradi. 15 yoshga kelib, bola muhandislik yoki boshqa texnik,
shuningdek IT bilan bog'liq mutaxassisliklar bo'yicha texnikumga har qanday
shubhadan xoli ravishda kirishi uchun barcha zarur muhandislik, konstruktorlik va
IT kompetensiyalariga ega bo'ladi. O‗zlashtirilgan bilimga ega bola 11-sinfdan
15
so‗ng oliy o‗quv yurtlariga texnik, muhandislik va IT sohasiga oid har qanday
mutaxassisliklarga o‗qishga kirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |