Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
eng ko’p tarqalgan va samarali hisoblanadi. Bunday generatorlar psevdotasodifiy
sonlarning cheksiz ketma-ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi
dastlabki informatsiyadan foydalaniladi. Psevdotasodifiy
sonlar ketma-ketligini
shakllantirishda kongruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu toifaga mansub
generatorlar
sonlarning
shunday
psevdotasodifiy
ketma-ketliklarini
shakllantiradiki, ular uchun generatorlarning davriyligi va chiqish yo’li ketma-
ketliklarining tasodifiyligi kabi asosiy ko’rsatgichlarini qat’iy matematik tarzda
ifodalash mumkin. Bunday generatorlarni apparat
yoki dasturiy vositalar
yordamida osonlik bilan yaratish mumkin.
Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari
Qudratli komp’yutarlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblash
tizimlarining paydo bo’lishi xozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan
kriptografik tizimlarning obrusizlantirilishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida
yuqori turg’unlikka ega bo’lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday
kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan
tartibda qo’llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg’unlikni
jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli
haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni
shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar
standart
usul (
masalan, DECusuli
) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan
ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo’yicha qayta shifrlanadi.
Mahsus usul
sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo’lgan son
matritsasiga ko’paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo’llashda agar
shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa,
shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo’ladi. Odatda shifr gammasi har
bir so’z uzunligidan katta bo’lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum
bo’lmasa, shifrni faqat to’g’ridan-to’g’ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin.
Bunda kriptoturg’unlik kalit o’lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida
ko’pincha himoya tizimining dasturiy ko’rinishda
amalga oshirilishida
foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud.
Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo’lganda, shifr gammasini qayta
generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: