Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

5.2.
 
Ma’lumotlarning elektron himoyasini amalga oshirish 
Umuman olganda, kriptografiyani ikki qismga bo’lish mumkin: 
ma’lumotlarni berkitishning umumiy usullarini rivojlantirish, shifrlash 
tizimlarining tahlili va ularning ishonchlilini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan 
nazariy qism hamdashifrlash tizimlarini ishlab chiqarish va ulardan 
foydalanish bilan shug’ullanadigan amaliy qismlardan iborat. Ma’lumotlarni 
himoya qiladigan shifrlar juda ham ishonchli bo’lishi lozim, ya’ni, ular 
shifrlashni buzishga bo’lgan urinishlarga nisbatan o’ta bardoshli bo’lishi 
kerak. Shifrning ishonchliligini asoslash uchun uni ochishga ketadigan ish 
hajmini chamalash zarur. Bunda agar shifr kalitini topish uchun ketadigan 
vaqt ma’lumotlarning foydali ravishda ishlatiladigan vaqt intervalidan ko’p 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo’lsagina, bunday shifr ishonchi deb hisoblaniladi. Lekin shifrlash bo’yicha 
yirik olim K.Shennonga ko’ra, shifrlanayotgan informatsiya hajmiga teng 
bo’lgan uzunlikdagi kalitli shifrgina absolyut ishonchli shifr hisoblanadi. 
Boshqa barcha shifrlarni ochish mumkin, ammo bunda gap buning uchun 
kerakli bo’lgan texnik vositalar quvvati va deshifrlash uchun ketadigan 
vaqtga bog’liq bo’ladi. Jamiyatdagi ma’lumotlar hajmi kam miqdorda 
bo’lganida unchalik murakkab bo’lmagan shifrlarni ishlatish yetarli bo’lgan. 
Ma’lumotlar hajmining ko’payib borishi bilan yanada murakkabroq shifrlarni 
ishlatish zaruriyati paydo bo’lib, ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu 
sohaga mahsus o’qitilgan insonlar – 
shifrovkachilar
jalb qilina boshlandi. 
Keyinchalik, ma’lumotlar hajmi juda ham ko’payib, rasshifrovkani insonlar 
bajara olmaydigan xolat yuz bergani tufayli, bu ishni bajara oladigan 
mexanik va elektorn qurilmalar yaratildi. Komp’yuterlar paydo bo’lganidan 
so’ng esa ma’lumotlarni shifrovka va rasshifrovka qilishning yanada 
zamonaviy va o’ta murakkab usullari paydo bo’ldi va ular turli sohalarda 
keng miqyosda ishlatilina boshlandi. Kompyuterlar yordamida endi nafaqat 
ma’lumotlar himoyasi, balki yangi muammolar ham hosil qilina boshlandi, 
Masalan, elektron xujjat almashinishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
elektron imzo ham ishlatilina boshlandi. Chunki endi elektron pochta 
imkoniyatlari moliyaviy hujjatlarni va konfidentsial ma’lumotlari uzatishda 
ham 
ishlatila 
boshlandi. 
Elektron 
tijorat 
ham 
ma’lumotlarning 
konfidentsalligini ta’minlovchi, autentifikatsiya qiluvchu va kirishni 
boshqaruvchi vositalarni talab qiladi. Raqamli pullar, kriptovalyutalar, ICO 
lar hamda ularning tokenlari va raqamli valyuta almashtirish shahobc halari 
ham elektron himoyaning samarador vositalarini talab qiladi. Xuddi shunday 
texnik va dasturiy vositalar sifatida ham zamonaviy kriptografik himoya 
usullardan 
foydalaniladi. 
Kriptografiyadan 
foydalanish 
quyidagilarni 
ta’minlab beradi: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Konfidentsiallilik
– bu informatsiyaning saqlanishida va uzatilishida 
ma’lumotlarni ruhsat berilmagan o’qishdan himoya qilishdir. Bu 
shirflash orqali amalga oshiriladi; 

Ma’lumotlardan foydalanishning nazorati
– informatsiyadan faqatgina 
ruxsat berilgan insonlar foydalana olishi kerak; 

Autentifikatsiya
– ma’lumot uzatuvchi kimliginai aniq bilish 
imkoniyati. Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib 
beradi; 

Butunlilik 
– informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida 
ruxsatsiz o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va 
imitohimoya orqali bajariladi; 

Informatsiyadan voz kecha olmaslik
– bu ma’lumot uzatuvchining o’zi 
jo’natgan ma’lumotlardan tonmasligini ta’minlab beradi. Bu ham 
elektron raqamli imzo va sertifikat orqali ta’minlanadi. 
Endi elektron raqamli imzo hosil qilishda ishlatiladigan bir qancha 
ommabop algoritmlarni ko’rib chiqamiz. Muloqotdagi ikkala tomon 
shifrlangan ma’lumotlarni o’zaro almashina olishlari uchun ular ishlatadigan 
algoritm va kalit (
komp’yuter texnikasi ishlatilganda kalit bu son yoki 
alfavit-raqamli simvollar ketma-ketligidir
) to’g’risida kelishib olishlari 
lozim. Shifrlash algoritmlari bir necha yillar davomida yaratiladigan va 
sozlanadigan matematik funktsiyadir. Ba’zi bir algoritmlar barchaga ma’lum 
va mashhur bo’lsa, boshqalari mahfiy va konfidentsialdir. Eng taniqli 
ommabop algoritmlar sifatida 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin