Expedia
PayPal to’lov tizimi
Yer yo’ldosholi televidenie provayderi
Dish Network
Latiya aviakompaniyasi
AirBaltic
Xaydovchilar chaqirish on-line servisi
Wheely
Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi
On-line supermarket
Yulmart Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani bilan
kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo’lga qo’yish jarayoni ancha
past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog’ston va boshqa hamdo’stlik
mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning statusi umuman aniqlangan
emas. Ularning konstitutsiyalarida kriptovalyutalarga o’xshash pul surrogatlarining
pul aylanishida ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan
foydalanish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan
emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib
borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan va uni
qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. Agarda “
barcha qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan foydalanish mumkin ” degan
mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda
ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi
deb o’zimizni ovuntirishimiz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida
tushumovchilik kelib chiqqanda, ularning o’z qonuniy xuquqlarini himoya
qilishlari katta muammo bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni
kriptovalyutalarga sotib olish tomonlar orasidagi o’zaro kelishuvday bo’lib, o’zaro
kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha
xuquqiy asos topish mumkin bo’ladi. Shuning uchun ham bizda xozircha
kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Keyingi paytlarda ko’plab kompaniyalar tomonidan