Montblank kompaniyasi 2017 yilda
Summit deb nomlangan “
aqlli ” soat
ishlab chiqarid. Bu soatning tashqi ko’rinishi klassik ko’rinishda bo’lgani bilan u
sun’iy intellect asosida ishlaydi va
Google assistenti bilan jihozlangan hamda
navigator, tarjimon va so’z orqali boshqariladigan yordamchi funktsiyalarini bajara
oladi. Jenevada 2017 yilda bo’lib o’tgan ko’rgazmada
Jaeger-LeCoultre brendi
barcha ishtirokchilarni o’z mahsuloti bilan tanishtirdi. Ishtirkchilarga
QR -kodli
braslet berildi va u orqali
iPhone ilovasi yordamida soatlarni tanlash taklif etildi.
Ushbu texnologiya to’dirilgan reallik texnologiyasi yordamida kompaniyaga
mijozlar haqida ma’lumot yig’ishga imkon berdi.
Biznesning eng perspektiv yo’nalishlari bo’yicha oxirgi hisobotlarida
PwC analitiklari baho berishlaricha sun’iy intellektning hayotga izchil tadbiq qilinishi
2030 yilga kelib, jahon
YIM ning 14% ga yoki 15,7 trillion dollaga ko’payishiga
olib kelar ekan. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi kompaniyalarning sun’iy
intellektga investitsiya qilishlari katta samaraga olib kelishi mumkin. Agarda johon
miqyosidagi holatni tahlil qilsak, hozirgi kunda sun’iy intellect ishlab chiqarish va
qishloq xo’jaligiga robotlar va uchunchisiz uchadigan qurilmalar (
dronlar )
yordamida keng miqyosda tadbiq qilinayapti. Sun’iy intellect qisqa muddatlarda
katta hajmdagi ma’lumotlar yig’ish va ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan
sohalarda monitoringni amalga oshirish va information modellar qurish uchun ham
keng miqyosda ishlatilina boshlaydi.
Elektron tijorat (
e-commerce ) va moliya sohalarida ham sun’iy intellect
bilan jihozlangan chat-botlar faol ravishda ishlatilmoqda. Ular foydalanuvchilarga
u yoki bu mahsulot haqida ma’lumot olishga va xilma-hil operatsilarni amalga
oshirishga yordam beradilar. Masalan,