Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Big 
Data
(
Katta ma’lumotlar
) bilan ishlay oladigan mutahassislar yetishmovchiligi 
190 ming nafarga yetadi. Analitik ma’lumotlar bilan ishlagan holda biznes qarorlar 
qabul qiluvchi boshqaruvchilar yetishmovchiligining soni esa salkam 1,5 millionga 
yetadi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotda 
Big Data
(
Katta 
ma’lumotlar
) texnologiyalari qandaydir abstract trend yoki moda emas, balki real 
ishlayotgan instrumentariydir. Ko’pchilik tashkilotlar 
Big Data
(
Katta 
ma’lumotlar

texnologiyasini 
mijoz-servis 
tizimlarida 
yoki 
operatsion 
samaradorlikni oshirish uchun ishlatadilar. Lekin bu texnologiya tavakkalchilikni 
boshqarish yo’nalishida eng kam miqdorda ishlatiladilar. 
Economist Intelligence 
Unit
tashkilotining izlanishlariga ko’ra, 
Big Data
(
Katta ma’lumotlar

texnologiyasining ko’pchilik sohalarga tadbiq qilinishi ijobiy natijalarga olib 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kelgan. 
Big Data
ning iqtisodiyotda ishlatilishiga yaqqol misollardan biri – 
bashoratlash deyish mumkin. Masalan, 
Spaceknow
kompaniyasi neftga bo’lgan 
narxni aniqlash uchun kosmosdan olingan suratlarni qayta ishlashni amalga 
oshiradi. Bunda ishlatiladigan algoritmlar soyaning ko’rinishi o’zgarishiga qarab, 
ombordagi neft miqdorini aniqlaydilar va shu ma’lumotlar asosida jahondagi eng 
katta neft omborlarining to’ldirilish daragasini aniqlashga imkon topadilar.
Iqtisodiy jarayonlarning joriy xolatlarini baholashda ham 
Big Data
(
Katta 
ma’lumotlar
) dan foydalanish imkoniyatlari juda ham katta. Oddiy statistika esa 
bunday xolatlarda unchalik anoiq ma’lumot olishga imkon bermaydi va baholash 
jarayoni ko’pincha musbat tomon o’zgargan xolda ko’rinadi. Mamlakatning 
iqtisodiy faolligini doimiy almashtirilib turiluvchi rasmlar bazasidan foydalangan 
xolda aniqlash dasturidan foydalanib, 
Spaceknow
kompaniyasi Xitoyning olti 
ming asosiy korxonasini ajratishga muvaffaq bo’ldi. Bunda mamlakat faoliyatining 
barcha ko’rsatgichlari tahlil qilingan, shu jumladan, qurilish jarayoni faolligi, 
avtoturargohlardagi avtomobillar soni, tutun chiqarish darajasi va boshqalar. Bu 
ma’lumotlar yordamida olingan natijalar (
2016 yil mart
) rasmiy ma’lumotlardan 
deyarli farq qilmagan. 
Big Data
(
Katta ma’lumotlar
) texnologiyasi zamonaviy 
logistikada ham sezilarli iqtisodiy foyda berishi aniqlangan. Masalan, 
oneFactor
nomli Rossiya kompaniyasi local va transmilliy yuk tashuvchilarga samarador 
bo’lmagan marshrutlarni aniqlash va ularni optimallashtirishga imkon beradigan
geomaslahat beruvchi servis ishlab chiqdi. Mobil tarmoq ma’lumotlaridan 
foydalangan holda kompaniya mutaxassislari har bir posilka uchun borish 
nuqtasini katta aniqlikda topishga yordam beradi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin